Moskvaga «Vanya» sikloni yopirilmoqda. Uning O‘zbekistonga ta’siri bormi?
Rossiyaga 14-15 dekabr kunlari «Vanya» sikloni yaqinlashib, kuchli qor yog‘ishi kuzatilishi prognoz qilindi. Qor qalinligi 40-50 santimetrgacha yetishi mumkin. O‘zgidromet mutaxassisi Azimjon Narzullayev buning O‘zbekistonga ta’siri bor-yo‘qligi yuzasidan ma’lumot berdi.
«Vanya» sikloni ta’sirida 15 dekabr kuni Moskvada yog‘adigan qor so‘nggi 63 yilda eng qalini bo‘lishi mumkin. Bu havo haroratining O‘zbekistonga ta’siri bor-yo‘qligi bo‘yicha Kun.uz O‘zgidromet xizmati agentligidan izoh oldi.
14-15 dekabr kunlari Rossiyaning aksar hududlarida kuchli qor yog‘ishi, bo‘ron bo‘lishi, yo‘llar muzlashi kutilmoqda, deb xabar beryapti O‘zgidromet xodimlari rossiyalik hamkasblariga tayanib. Shu kunlari shamol 15-18 m/s gacha kuchayadi.
Rossiya Gidrometeorologiya markazi ilmiy direktori Roman Mendelevich Vilfandning so‘zlariga ko‘ra, poytaxt Moskvada chorshanba, payshanba va juma kunlari qor yog‘adi. Noqulay ob-havo juma kuni kuchayadi. Shu kunlarda Moskvada 15-20 mm yog‘ingarchilik bo‘ladi, bu esa qor hajmining rekord darajada oshishiga olib kelishi, ayrim joylarda qor balandligi 40-50 santimetrgacha yetishi ham mumkin.
Bu dekabr oyi uchun so‘nggi 100 yillikdagi eng yuqori qor qoplami bo‘lishi mumkin. Chunki qor qalinligi 1919 yil 16 dekabrda 32-33 santimetr, 1941 yil 17 dekabrda 36 santimetrga yetgan edi. “Bu qor yog‘ishidan so‘ng, dekabr oyining shu kunlaridagi rekordlar, albatta, yangilanadi. Biroq bu asrning qor yog‘ishi bo‘ladi degani emas. Chunki Moskvada qishning boshqa oylarida bundan ham ko‘p qorlar yog‘gan”, – degan Roman Mendelevich.
O‘zgidromet mutaxassislari Rossiyadagi siklon kelgusida shimoli-sharqqa siljishi va Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston hududiga ta’sir qilmasligini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
11:47 / 13.11.2024
Moskvada chaqiriluvchilarga Rossiyadan chiqib ketish taqiqlangani haqida xabar berildi
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024