Fan-texnika | 21:40 / 13.12.2023
49234
2 daqiqa o‘qiladi

NASA 40 ming km/s tezlikda Yer atmosferasiga kirgan «Orion» kemasi videosini namoyish qildi 

«Orion» kosmik kemasi kelajakda odamlarni Oy orbitasiga olib chiqish uchun mo‘ljallangan. 

Foto: NASA

2022 yil dekabr oyida NASA agentligining «Orion» kosmik kemasi Oy atrofini aylanib o‘tib, Yerga muvaffaqiyatli qaytdi. Bir yil o‘tgach, missiya jamoasi atmosferaga tovush tezligidan 32 baravar tez kirib kelgan kemada olingan video tasvirlarni ko‘rsatdi. 

«Orion» kosmik kemasi Artemis missiyasining bir qismi sifatida odamlarni Oy orbitasiga olib chiqish uchun mo‘ljallangan. Bu 2024 yilda sodir bo‘lishi mumkin va NASA tomonidan namoyish etilgan kadrlarni fazogirlar uyga qaytayotganida ko‘rishadi. 

25 kundan ortiq davom etgan birinchi Artemis missiyasi doirasida «Orion» Oyni ikki marta aylanib, uning yuzasiga taxminan 130 km masofada yaqinlashdi. Hammasi bo‘lib, u 434,5 ming kilometr masofani bosib o‘tdi. 

Agar ikkinchi sinov parvozi ham muvaffaqiyatli amalga oshirsa, 2025 yilda odamlarning Oyga qo‘nishi bilan yakunlanuvchi Artemis-3 missiyasini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid