Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston TIV rahbari Dohada Qatar bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
Dohada bo‘lgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qatar bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon bin Jasim Ol Soniy bilan uchrashdi.
"Qatar bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon bin Jasim Ol Soniy janobi oliylari bilan uchrashishdan behad mamnunmiz", - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Ikki davlat rahbarlari - O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy tomonidan erishilgan istiqbolli kelishuvlarni hayotga tatbiq etish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, madaniy diplomatiyani mustahkamlashga e’tibor qaratildi.
Eslatib o‘tamiz, Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy shu yilning 5-6 iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. O‘z navbatida, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 1-2 oktyabr kunlari davlat tashrif bilan Qatarda bo‘ldi.
Mavzuga oid
11:30 / 26.05.2025
Samarqand Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi
07:50 / 22.05.2025
Pentagon Qatar tomonidan Trampga sovg‘a qilingan samolyotni qabul qildi
11:45 / 15.05.2025
Tramp Qatarda nima qildi: milliardlik bitimlar, hashamat va AQSh prezidenti oilasining shaxsiy manfaatlari
11:30 / 12.05.2025