Sel va ko‘chki xavfi mavjud hududlarda bino qurish taqiqlanishi mumkin
O‘zbekistonda sel va ko‘chki xavfi mavjud hududlarda bino qurish taqiqlanishi kutilmoqda. Bu - Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ko‘rib chiqilgan qonun loyihasida ko‘zda tutilgan.

Foto: Kun.uz
Majlisda “Shaharsozlik kodeksining 47-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi va deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Kodeksning mazkur moddasiga sel va ko‘chki hodisalari xavfi mavjud hududlarda insonlarning hayotini saqlab qolish, yetkazilishi mumkin bo‘lgan moddiy zararlarning oldini olish maqsadida sel va ko‘chki xavfi mavjud hududlarda bino va inshootlarni loyihalashtirish va qurishni taqiqlash taklif etilyapti.
Qonun loyihasining qabul qilinishi bilan sel va ko‘chki hodisalari xavfi mavjud hududlarda insonlarning hayoti va ularning mol-mulkini asrash, iqtisodiyot va ijtimoiy soha obektlarining barqaror faoliyati ta’minlanishi bilan bog‘liq munosabatlar tartibga solinadi.
Mavzuga oid

12:00 / 16.05.2025
17-19 may kunlari qator hududlarda sel xavfi e’lon qilindi

17:10 / 25.04.2025
O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel xavfi e’lon qilindi

21:37 / 11.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi

14:22 / 10.04.2025