Myanma afyun ishlab chiqarish bo‘yicha Afg‘onistonni ortda qoldirib, jahon yetakchisiga aylandi
2021 yil fevralidagi harbiy to‘ntarishdan keyin vujudga kelgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy beqarorlik chekka hududlardagi fermerlarni uni yetishtirishga undamoqda.
«Tolibon» harakati 2022 yilda giyohvand moddalarini yetishtirishni taqiqlaganidan so‘ng, Myanma ko‘knori afyuni yetishtirish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bu haqda BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi xabar berdi.
Myanmada ko‘knori yetishtiriladigan maydonlar yil davomida 18 foizga ko‘payib, 47 ming gektardan oshib ketdi, bu 2001 yildan beri rekord darajadir, deyiladi tashkilot bayonotida.
Qayd qilinishicha, Shan, Chin va Kachin shtatlarida ko‘knori ekiladigan maydonlar kengaygan, hosildorlik gektariga 16 foizga oshib, 22,9 kilogrammni tashkil qilgan.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Myanmada ko‘knori yetishtirish hajmi oshib boraveradi – 2021 yil fevralidagi harbiy to‘ntarishdan keyin vujudga kelgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy beqarorlik chekka hududlardagi fermerlarni uni yetishtirishga undamoqda.
BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi dunyoda afyun ishlab chiqaruvchi asosiy hududlarni uch qismga ajratadi.
- Oltin yarim oy - Afg‘oniston, Eron, Pokiston;
- Oltin uchburchak - Myanma, Laos, Tailand;
- Janubiy Amerika - Kolumbiya, Peru, Venesuela, Boliviya.
Ko‘knori yetishtirish geroin, metadon va boshqa giyohvand moddalarni ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyo manbai bo‘lgani sababli jiddiy muammo hisoblanadi. Afyundan ishlab chiqarilgan giyohvand moddalar sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muammolarni, jumladan, giyohvandlik, jinoyatchilik va OIV/OITS tarqalishini keltirib chiqaradi.
Mavzuga oid
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024