Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hamma uchun qulay nuqtada joylashgan RABAD – Yangi Toshkentdagi yangicha qurilish savdo markazining investitsion jozibasi haqida
RABAD qurilish savdo markazi “eski” Toshkent hududi va Yangi Toshkent hududini bog‘lovchi asosiy transport arteriyasida joylashgani bo‘lajak savdo majmuasining joylashuvi qanchalik foydali va istiqbolli ekanini ko‘rsatadi.
Poytaxtning sharqida odamlar uchun qulay va yangi markaz – Yangi Toshkent qurish loyihasi taqdim qilindi. Yangi Toshkentni Toshkent viloyatining chegaradosh tumanlari hisobidan poytaxt hududini bosqichma-bosqich kengaytirib, Chirchiq va Qorasuv daryolari oralig‘ida qurish rejalashtirilgan.
Yangi Toshkent davlat idoralari, Yangi O‘zbekiston universiteti, Milliy kutubxonaning yangi binolari, teatr, ijod maktablari, savdo va servis markazlarini o‘z ichiga olgan ko‘rkam va zamonaviy markaz bo‘ladi.
RABAD qurilish savdo markazi esa Yangi Toshkent hududining ayni markazida joylashgan.
Poytaxt sharqida, 2 daryo oralig‘idagi yangi markaz
Poytaxtdan sharqda, Chirchiq va Qorasuv daryolari oralig‘ida bunyod etilishi rejalashtirilgan Yangi Toshkent loyihasini amalga oshirishga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilyapti. Shahar loyihasi doirasida tegishli infratuzilma bilan ta’minlanadigan 20 ming gektar maydonda 2 mln aholi yashashi uchun mos sharoit yaratish reja qilingan.
Yangi Toshkentning ma’muriy markazida davlat tashkilotlari, oliy ta’lim va tibbiyot muassasalari, savdo va xizmat ko‘rsatish obektlari, mehmonxonalar, texnopark hamda IT-parklarning bo‘lishi hudud taraqqiyotining muhim belgilari bo‘lib aks etadi. Yangi va istiqbolli shaharda innovatsion texnologiyalar va ishlab chiqarish hisobiga 200 ming yangi ish o‘rni yaratish reja qilingan.
Yangi Toshkentdagi muhim qulayliklardan biri — shaharning barcha tumanlari tramvay va metro tarmog‘idan iborat yagona transport tarmog‘i orqali bog‘lanishidir. Yana eng ahamiyatlisi, shaharning yagona transport tarmog‘ini "eski" Toshkent metrosining Buyuk ipak yo‘li va "Do‘stlik" liniyalari bilan bog‘lash reja qilingan. Shunda Yangi Toshkentdan "eski" Toshkentga atigi 30-35 daqiqada qulay tarzda yetib olish imkoni bo‘ladi.
RABAD qurilish savdo markazi joylashgan nuqta
Ayni shu joyda maqolaning kulminatsion nuqtasi — RABAD qurilish savdo markaziga yetib keldik. RABAD 3 qavatli qurilish savdo markazi bo‘lib, Yangi Toshkent shahrining eng qulay nuqtasida 40 ming kvadrat metr hududni egallagan. Markazda komfort va premium toifalaridagi mahsulotlar ulgurji va chakana savdoga chiqariladigan 350 dan ortiq do‘kon mavjud.

Do‘konlardan qurilish va pardozlash materiallari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, elektr jihozlari, iqlim tizimlari, xavfsizlik va avtomatlashtirish tizimlari, mebel uchun furnitura va tayyor mebel, tomorqa va bog‘dorchilik asbob-uskunalari, maishiy texnika hamda zamonaviy hayot va qulaylikni yaratish uchun zarur bo‘lgan boshqa ko‘plab narsalar sotib olish mumkin.
Bo‘lajak mulkdorlar uchun qulayliklar
RABAD’ning savdo maydonlari, o‘zining bo‘lajak egalari hamda ijarachilari uchun, ya’ni ularni tartibga solish uchun ortiqcha vaqt va resurslarini yo‘qotmasliklari uchun, qulay tarzda tayyorlanadi.
Har bir do‘kon white box uslubida, shifti 4 metr balandlikda, tekis devor, keramogranitli pol, shishadan ishlangan eshik va markazlashtirilgan konditsioner va yong‘in xavfsizligi tizimlariga ega bo‘lgan holda topshiriladi.

Umumiy hududlarda dam olish va ovqatlanish (fud-kort) joylari, namozxonalar, bank filiallari, tadbirlar maydoni, vending-avtomatlar mavjud.
Qiyinchiliklarsiz biznes yuritishga odatlangan investor va tadbirkorlar uchun boshqaruv kompaniyasi yaratilgan. Bu kompaniya:
- investorlar uchun ijarachilarni tanlash va marketing xizmatlarini qo‘lga kiritadi;
- do‘konlar va omborlarni boshqarishni o‘z zimmasiga oladi;
- savdo markazidan mahsulotlarni yetkazib berishni tashkil qiladi;
- shaxsiy menejyerga aylanadi;
- markaz hududida har tomonlama texnik yordam va kommunal xizmatlari bilan bog‘liq muammolarni hal qiladi.
RABAD yaratuvchilari undan foydalanuvchilarning qulay tarzda xarid qilishlari uchun barcha sharoitlar bo‘lishini hisobga olishgan.

Ekspert xulosasi va joylashuv tahlili
Commonwealth Partnership Uzbekistan [CMWP Uz] konsalting kompaniyasi ekpertlarining tadqiqotiga ko‘ra, Toshkent shahri aholisining real daromadlari o‘sishi bilan tovar va xizmatlar sifatiga bo‘lgan iste’molchi talabi ham oshyapti. Iste’molchilar RABAD qurilish savdo markazini poytaxtdagi mavjud qurilish chakana savdo obektlaridan osongina farqlashlari mumkin. Qolaversa, xarid qilish didining oshishi RABAD savdo markazidan xarid qilishni yanada jozibador qiladi.
Bugungi kunda savdo majmuasiga tashrif buyuruvchilarning soni kuniga o‘rtacha 13 517 kishini tashkil etmoqda va bu ko‘rsatkich ushbu savdo markazi formatining optimal yuklanishidan yuqoridir.
Taxminlarga ko‘ra, 2028 yilga kelib, RABAD savdo markaziga tashrif buyuruvchilarning soni kuniga o‘rtacha 21 519 kishini tashkil etadi, bu - savdo markazining faoliyat yuritishi uchun optimal bo‘lgan ko‘rsatkichidan 10 680 kishiga ortiqdir.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, RABAD qurilish savdo markazining joylashuvi 30 daqiqalik qamrov hududida unga tashrif buyuruvchilarning potensial soni 2,5 milliondan ortiqni tashkil etadi va bu RABAD'ni savdo uchun kelajagi porloq makon deyishimizga asos bo‘ladi.
Ma’lumot uchun: Commonwealth Partnership konsalting kompaniyasi — biznes va davlat idoralariga hududlarni rivojlantirish bo‘yicha maslahatlar beradigan xalqaro kompaniyalar guruhi. Ushbu xalqaro kompaniya O‘zbekistonda 2018 yildan beri faoliyat yuritadi va hozirgacha 16 ta yirik loyihani amalga oshirgan. Tashkent City'ning tijorat konsepsiyasi aynan Commonwealth Partnership kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.
CMWP Uz tahlillariga ko‘ra, Toshkent aglomeratsiyasini rivojlantirish va uni Markaziy Osiyoning eng zamonaviy va yirik megapolisiga aylantirish bo‘yicha qilinayotgan istiqbolli rejalar sababli RABAD qurilish savdo markazi Yangi Toshkentning bo‘lajak xonadonlari hayotini tartibga solish uchun zaruriy qurilish materiallari va tovarlar sotiladigan mashhur savdo markaziga aylanishi mumkin.
RABAD - katta rejalarni qurish vaqti keldi.
RABAD’ning do‘konlarini narxini va boshqa batafsil ma’lumot olish uchun savdo ofisiga murojaat qilish mumkin.
Savdo ofisi manzili: Yashnobod tumani, Parkent ko‘chasi 170-uy.
Qurilish markazi manzili: Yashnobod tumani, Yangi O‘zbekiston ko‘chasi. Mo‘ljal: Yangi O‘zbekiston bog‘i.
Telefon: (99878) 113-0541
Veb sayt: rabad.uz
Instagram: rabad_uz
Facebook: rabaduz
Telegram: t.me/rabaduz
Reklama huquqi asosida