«Metan zapravkalar» to‘liq ish rejimiga o‘tishi mumkin
«O‘zgidromet» tomonidan berilgan ijobiy prognozlardan kelib chiqib, kelgusi haftadan e’tiboran barcha «metan zapravkalar» faoliyati to‘liq tiklanishi mumkin.
Kelasi haftadan boshlab, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari (AGTKS) yana to‘la quvvat bilan ishlashi mumkin. Bu haqda Energetika vaziri matbuot kotibi Hasan Toshxo‘jayev xabar berdi.
«Kuz-qish faslining har qanday ob-havo sharoitida faoliyat ko‘rsatish bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritmlarga ko‘ra, aholi va ijtimoiy soha obektlarining tabiiy gazga nisbatan talabi kamaygani sayin metan zapravkalarga qo‘yilgan cheklovlar yumshatilib, vaziyatdan kelib chiqilgan holda bekor qilinadi. Kelgusi 10 kunlik va oy yakuniga qadar «O‘zgidromet» tomonidan berilgan prognozlardan kelib chiqib, kelgusi haftadan e’tiboran barcha AGTKS to‘la quvvat bilan ishlashini taxmin qilishimiz mumkin», dedi Hasan Toshxo‘jayev.
Qo‘shimcha qilinishicha, ob-havo sharoitiga bog‘liq ravishda, hududlar doirasida vaqt bo‘yicha cheklovlar saqlanib qolishi ham mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 8 dekabrdan boshlab O‘zbekiston bo‘yicha «metan zapravkalar» faoliyatiga cheklov kiritildi. 12 dekabrdan gaz zapravkalar soat 6:00 dan 12:00 gacha ishlash rejimiga o‘tkazildi. Bu ob-havo sharoitining noqulay kelishi, havoning keskin sovib ketishi oqibatida tabiiy gazga bo‘lgan talabning oshishi, tabiiy gaz birinchi navbatda aholiga va ijtimoiy soha obektlariga yetkazib berilishi bilan izohlandi.
Mavzuga oid
18:39 / 20.11.2024
2024 yilda Qirg‘izistondan O‘zbekistonga gaz eksporti 5 barobar oshdi
17:22 / 19.11.2024
«Markaziy Osiyo – Xitoy» quvuri orqali 14 yilda yetkazilgan tabiiy gaz miqdori ma’lum qilindi
18:36 / 15.11.2024
Bu yil qishda iste’molchilarga 21 milliard kub metr gaz yetkazib berish rejalashtirilgan
22:05 / 08.11.2024