O‘zbekiston | 07:24 / 15.12.2023
8014
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ichida yosh qiz bo‘lgan lift tormozi ishlamay, pastga qulagani haqida ma’lumot tarqaldi

Yangihayot tumanida ichida yosh qizaloq bo‘lgan lift tormozi ishlamay, pastga qulagani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Tuman hokimligi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

“Yangi Darxon” mahallasi 18-uydagi liftda elektr toki uzilgani, natijada lift tormozi ishlamay pastga qulagani, ichida yosh qizaloq bo‘lgani haqida ma’lumot tarqaldi. Holat bo‘yicha tuman hokimi, tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi, sanoat xavfsizligi va barcha mas’ullar o‘rganish ishlarini olib bordi

Sanoat xavfsizligi xodimlari tomonidan vaziyatga aniqlik kiritilganda, lift elektr ta’minotidan uzilgan vaqtda generator ishga tushgani va qiz pastki qavatga xavfsiz tushgani ma’lum bo‘lgan. Mas’ullar qiz va uning oilasi bilan suhbatlashishgan. Qizning ahvoli yaxshi va kayfiyati ijobiy.

Mavzuga oid