Kriptovalutalarda yuqori tebranuvchanlik, asosiy qimmatbaho metallarning barchasida narx o‘sishi – xalqaro moliya bozori sharhi
Ketma-ket 7 haftalik pasayishdan keyin neft narxining arzonlashuvi to‘xtadi. Hisobot haftasida neftning WTI markasi 0,54 dollarga, BRENT esa 1,02 dollarga qimmatlashdi. Asosiy qimmatbaho metallarning barchasida narx o‘sishi kuzatildi. AQSh valuta indeksi tushishi sababli yevro dollarga nisbatan 1,24 foizga, rubl 1,65 foizga, yuan 0,65 foizga mustahkamlandi.
O‘tayotgan hafta moliya bozorlari uchun juda muhim hodisalarga boy bo‘ldi. AQSh Markaziy bankining foiz stavkalari bo‘yicha qarori va FZT raisi Jyerom Pauellning rasmiy bayonoti kelgusidagi voqealar rivoji qanday bo‘lishi haqida umumiy tushuncha taqdim etdi. U AQShda inflatsiya darajasi tushib borayotgani tufayli Markaziy bank ehtimol 2024 yil foiz stavkalari tushirilishini prognoz qildi, ammo iqtisodda narx-navo bosimi kuchaysa, stavkani qayta ko‘tarishini aytib o‘tdi. Bozor ishtirokchilari mazkur xabarni yuqori kayfiyatda qabul qildi va bu bozorlar o‘sishiga sababchi bo‘ldi.
Jahon Insighs kanali ekspertlari 11 dekabrdan 15 dekabrgacha bo‘lgan davrda xalqaro moliya bozorida sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni tahlil qilib chiqdi.
AQSh top fond bozorlari indeksi:
- S&P500: +2,49 foiz (yil boshidan +22,44 foiz);
- NASDAQ: +3,35 foiz (yil boshidan +59,63 foiz);
- DJI: +2,92 foiz (yil boshidan +12,57 foiz).
Hafta davomida AQSh fond bozori kuchli o‘sish sur’atini namoyon qildi. NASDAQ indeksi 3,35 foizga, Dow Jones indeksi 2,92 foizga va dunyoning eng yirik kompaniyalaridan tashkil topgan S&P500 indeksi 2,49 foizga ko‘tarildi.
Asosiy qimmatbaho metallar:
- Oltin: +0,75 foiz (yil boshidan +10,72 foiz);
- Kumush: +3,68 foiz (yil boshidan -0,5 foiz);
- Alyuminiy: +4,98 foiz (yil boshidan -6,31 foiz);
- Mis: +1,2 foiz (yil boshidan +1,18 foiz).
Asosiy qimmatbaho metallarning barchasida narx o‘sishi kuzatildi. Oltin o‘zining yuqori tebranuvchan haftasini tajribadan o‘tkazdi, shunga qaramay hafta yakunida 15 dollarga qimmatlashdi. Kumush va alyuminiy bahosi mos ravishda 0,84 dollar va 106 dollarga o‘sdi. Mis narxi ham haftaning oxirida 0,04 dollarga ko‘tarildi.
Neft
- WTI: +0,75 foiz (yil boshidan -10,92 foiz);
- BRENT: +1,34 foiz (yil boshidan -10,47 foiz).
Ketma-ket 7 haftalik pasayishdan keyin neft narxining arzonlashuvi to‘xtadi. Hisobot haftasida neftning WTI markasi 0,54 dollarga, BRENT esa 1,02 dollarga oshdi.
Valutalar
- EUR/USD: +1,24 foiz (yil boshidan +1,79 foiz);
- USD/CNY: -0,65 foiz (yil boshidan +3,20 foiz);
- USD/TRY: +0,33 foiz (yil boshidan +54,85 foiz);
- USD/UZS: +0,67 foiz (yil boshidan +10,18 foiz);
- RUB/USD: -1,65 foiz (yil boshidan +24,98 foiz).
AQSh valuta indeksi tushishi sababli, yevro dollarga nisbatan 1,24 foizga, rubl 1,65 foizga, yuan 0,65 foizga mustahkamlandi. Shu bilan birga, dollar boshqa Osiyo valutalari, shu jumladan Turkiya lirasi va o‘zbek so‘miga nisbatan 0,33 foiz va 0,67 foizga ko‘tarildi.
Kriptovaluta
- Bitcoin: -4,23 foiz (yil boshidan +152,67 foiz);
- Ethereum: -5,64 foiz (yil boshidan +85,01 foiz).
Asosiy kriptovalutalar narxlarida yuqori tebranuvchanlik kuzatildi. O‘tgan hafta Bitcoinʼning narxi deyarli 45 ming dollarga ko‘tarilganidan so‘ng, joriy haftaning birinchi savdo kunida kutilmaganda 40 ming dollargacha pasaydi va hafta mobaynida tiklanishga urindi. Ethereumʼning Bitcoinʼga nisbatan korrelyatsiyasi tufayli u ham Bitcoin kabi harakatlandi.
Bozorlar haqida qisqacha
AQSh Markaziy banki raisi Jyerom Pauell’ning rasmiy bayonoti natijasida foiz stavkalari o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga yetgani, endilikda FZT amaldorlari kelib tushayotgan ma’lumotlar asosida uni ushlab turish va kelgusida asta-sekin tushirish bo‘yicha siyosat yurgizishi ma’lum bo‘ldi. Biroq bu bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar hali mavjud emas.
Eslatma! Taqdim qilingan ma’lumotlar muallifga tegishli bo‘lib, 11 dekabrdan 15 dekabrgacha bo‘lgan vaqt oralig‘idagi moliya bozorida yuz bergan o‘zgarishlar asosida tayyorlangan. Ushbu maqola investitsion maslahat emas.
Mavzuga oid
18:59 / 26.11.2024
Surinam neft daromadlarini fuqarolar bilan baham ko‘radi
11:36 / 16.11.2024
1 dona Bitcoin 1 kilo oltindan qimmat. Narxlar nega keskin oshdi?
11:40 / 10.11.2024
Oltin va kumush arzonlashdi, Bitcoin narxi keskin oshdi - xalqaro moliya bozori sharhi
12:37 / 27.10.2024