O‘zbekiston | 13:28 / 16.12.2023
7620
2 daqiqa o‘qiladi

Notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi yengillashtirilmoqda

Hukumatning «Vazirlar Mahkamasining Notariuslar tomonidan ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi ma’muriy reglamentlarni tasdiqlash haqida» 2020 yil 18 noyabrdagi 726-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Notarial harakatlarni amalga oshirishda notariuslar tomonidan «Notarius» avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali elektron shaklda olingan ma’lumotlarni chop etish va hujjatlar yig‘majildiga tikish talabi bekor qilinmoqda. Ushbu ma’lumotlar endilikda tizimda saqlanadi.

Ma’lumot uchun, shu kunga qadar notariuslar quyidagi hujjatlarni chop etib yig‘majildga tikishga majbur bo‘lishgan:

  • yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari va davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqida guvohnoma;
  • to‘lov amalga oshirilganligi haqida invoys;
  • jismoniy shaxsga vakillik qilish uchun ishonchnoma bergan shaxsning o‘lim haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;
  • mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanmaganligi yoki xatlanmaganligi haqidagi ma’lumotnoma va boshqalar. 

2024 yil 1 yanvardan boshlab ko‘p kvartirali uylardagi ko‘chmas mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq bitimlarni tasdiqlashda notariuslar mulkdorning majburiy badallar yoki to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi mavjud emasligini Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining axborot tizimi orqali tekshirishadi.

Mavzuga oid