Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Ispaniya suvdan foydalanishni optimallashtirishda qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi
O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev va Ispaniyaning HIDROCONTA kompaniyasi rahbari Augustin Garsiya Ruis o‘rtasida video-konferensiya shaklida muzokaralar tashkil etildi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, onlayn uchrashuvda HIDROCONTA kompaniyasi rahbari Augustin Garsiya Ruisning aytishicha, Ispaniyaning iqlimi ko‘p jihatdan O‘zbekiston bilan o‘xshash. Bu qurg‘oqchilik va suv tanqisligi muammolarini bartaraf etish borasida kompaniyaning suvdan samarali foydalanishga erishish bo‘yicha tajribasini jalb etgan holda hamkorlik qilish imkonini beradi.
- Kompaniyamiz mazkur sohada 30 dan ortiq davlatlarda ko‘plab loyihalarni amalga oshirgan. Korxona tomonidan sertifikatlangan «aqlli suv tizimi»ni masofadan boshqarish uchun suv hisoblagichlari, nazorat klapanlari, aloqa modullari va dasturiy ta’minoti ishlab chiqariladi, - dedi u. – Biz dastlabki bosqichda suv resurslaridan avtomatlashtirilgan va masofadan boshqariladigan usulda foydalanish bo‘yicha texnologiyalarning afzalliklarini ko‘rsatish uchun O‘zbekistonda o‘z mablag‘larimiz hisobiga pilot loyihani amalga oshirishimiz mumkin.
O‘zbekiston vakillari, o‘z navbatida, ispan kompaniyasining eng ilg‘or texnologiyalarini joriy etgan holda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikka tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida taklif etilayotgan tajriba loyihasi uchun kerakli hududni belgilash va muzokaralarni davom ettirish maqsadida HIDROCONTA kompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga safarini tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid
20:43 / 11.05.2025
Olimlar Mars qa’rida ulkan ko‘l borligini aniqladi
12:15 / 28.04.2025
Farg‘onada 1 maydan ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshadi
21:21 / 05.04.2025
Qozog‘iston O‘zbekistondan sug‘orish uchun 12,6 milliard kub metr suv oldi
10:06 / 04.04.2025