O‘zbekiston | 07:44 / 16.12.2023
6571
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Qatar amiri tashabbusi bilan ta’sis etilgan global mukofotni topshirish marosimi o‘tkaziladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 dekabr kuni Qatar Qonun ustuvorligini ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha markazi Vasiylik kengashi raisi Ali Muhsin al-Marriy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuv avvalida rais al-Marriy davlat rahbariga Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniyning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Bo‘lajak muhim xalqaro tadbir – Qatar amiri tashabbusi bilan ta’sis etilgan “Korrupsiyaga qarshi kurashishda ulkan yutuqlar uchun” global mukofotini topshirish marosimini O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyorgarlikning borishi ko‘rib chiqildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, tajriba almashish va qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani tasdiqlandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid