Jamiyat | 16:42 / 18.12.2023
11743
10 daqiqa o‘qiladi

ATI.SU yuk tashish birjasi: “Biz yuk egalari hamda tashuvchilarga bir-birlarini tez va oson topishlarida yordam beramiz”

Xalqaro “ATI.SU yuk tashish birjasi”ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Farid Vohidov 2023 yildagi logistika bozori trendlari va onlayn-servislar biznesga jarayonlarni optimizatsiyalash hisobiga xarajatlarni qisqartirishda qanday yordam berishi haqida so‘zlab berdi.

“ATI.SU yuk tashish birjasi”ning O‘zbekistondagi faoliyatining qanday yakunlarini ta’kidlab o‘ta olasiz?

O‘tgan yil davomida biz sezilarli o‘sdik. Chunonchi, tizimimiz foydalanuvchilari soni qariyb 3 barobarga – 4,3 mingtagacha o‘sdi. Bular hamkorlar va pudratchilarni topish uchun birja imkoniyatlaridan foydalanadigan real yuk tashuvchilar va yuk sohiblaridir. 2023 yilda birjaga joylashtirilgan yuk tashishga buyurtmalar soni 2,3 baravarga o‘sdi. Bunda gap ham mamlakat ichidagi yuk tashishlar, ham xalqaro yo‘nalishlar haqida bormoqda.

“ATI.SU yuk tashishlar birjasi” bu logistika bozori ishtirokchilari: yuk egalari, ekspeditorlar, yuk tashuvchilar uchun servislar ekotizimidir. Kompaniya dunyoning 63 ta mamlakatida faoliyat yuritadi, uning foydalanuvchilari esa har kuni 300 ming tonnadan ortiq yuk tashish uchun buyurtmalar joylashtiradi. 

Platformada bepul:

-yuk yoki transportni qo‘shish;

-yuk yoki transport topish mumkin.

Noyabr boshlarida biz eng yirik tarmoq voqeasi – xalqaro “Trans Logistica Uzbekistan 2023” ko‘rgazmasida qatnashdik. Stendimiz tashrif buyurganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Bunday qiziqishni izohlash oson. Biz O‘zbekistonda logistika uchun servislarning birinchi raqamli ekotizimi sanalamiz. Bozor yuk yetkazib berish jarayonlarini optimizatsiyalashga yordam beruvchi texnologiyalar bilan faol qiziqmoqda. Va biz turli mamlakatlarda minglab foydalanuvchilar sinab ko‘rgan yechimlarni taklif etishimiz mumkin. Bular eng dolzarb chaqiriqlar – yuk tashishga o‘sib borayotgan talab, bozorning va kompaniyalar ichki jarayonlarining noshaffofligi, takrorlanuvchi amaliyotlarga yuqori xarajatlar va vijdonsiz hamkorlarga yo‘liqish xatarlarini yengib o‘tishga yordam beruvchi vositalardir.

-             “Birja” qanday vositalarni qo‘llaydi?

-             Birjaning bosh vazifasi – bu yuk sohiblari va yuk tashuvchilarga bir-birlarini tez va oson topishga yordam berishdir.  O‘zbekistondagi ko‘plab logistlar, odatga ko‘ra, messenjerlarda “o‘tiradilar” va o‘sha yerda pudratchilarni qidirishga urinadilar. Va bunga ko‘p vaqt sarflaydilar, chunki axborot tez yo‘qoladi va bu betartib oqimda nimadir topish murakkab.

Yuk tashishlar birjasi – bu qulay onlayn-servis bo‘lib, undan yuk sohiblari, ekspeditorlar, yuk tashuvchilar foydalanadilar. Faqat ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilargina yuk tashishga buyurtmalar joylashlari yoki bo‘sh mashinalar haqida ma’lumotlar e’lon qilishlari mumkin. Mos keladigan taklif chiqqanda foydalanuvchi profili va kompaniya to‘g‘risidagi axborot bilan tanishib chiqish mumkin.

ATI.SU qatnashchisi “pasport”ida ko‘pgina muhim axborot joylashgan. Uning yordamida quyidagilarni tekshirish mumkin:

●            kontakt ma’lumotlar haqqoniyligi; kompaniya reytingi;

●            tavsiyalar mavjudligi;

●            hamkorlar da’volarining mavjud emasligi.

ATI.SU ekotizimida foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar tartibga solingan va tizimlashtirilgan, kerakli axborotni oson va tez topish mumkin. Bu barcha logistik jarayonlarni sezilarli tezlashtiradi va ularni maksimal shaffof qiladi.

-             O‘zbekistonda sizning qaysi servislaringiz eng talabgir sanaladi?

-             Bu yil O‘zbekiston kompaniyalari “ATI.SU maydonchasi”ni faol ishlata boshladilar. Bu vosita yopiq dijital-makonda ishonchli hamkorlar bilan ishlash imkonini beradi: agar Birjada buyurtmalar hammaga ko‘rinib tursa, o‘z maydonchasida yuk sohibi cheklangan doiradagi yuk tashuvchilar uchun yuklar joylaydi. Kompaniyalar ijrochilar o‘rtasida savdolarni tashkil etib, yuk tashishga xarajatlarni optimizatsiyalashlari mumkin.

Masalan, “ATI.SU maydonchasi”ga avtoklav gazobeton ishlab chiqaruvchi yirik kompaniya – Ecoton Sharq ulandi va buning evaziga o‘zining logistik jarayonlarini sezilarli optimizatsiyalash va xarajatlarini kamaytirishga erishdi.

-             Birja yuk tashishlarni qanday qilib xavfsizroq qiladi?

-             MDH va Yevroittifoq mamlakatlarining ko‘plab kompaniyalari uchun hali ham yuklar xavfsizligini ta’minlash va ularni tashishdagi noxush hodisalar xatarini kamaytirish masalalari dolzarb bo‘lib kelmoqda.

“ATI.SU yuk tashishlar birjasi”da har bir ishtirokchida “Pasport” mavjud, u kontragentning vijdoniyligi indikatori sanaladi. Chunonchi, “Reyting” qo‘yilmasida turli rangdagi yulduzlarni topish mumkin. Shaffof yulduzlar tasdiqlanmagan akkauntni anglatadi – ishtirokchi Birjaga o‘zi haqida ma’lumot taqdim etmagan. Bu holat u bilan hamkorlik qilish bexatar emasligini anglatadi. Qizil yulduzlar akkaunt tasdiqlanganligiga, lekin ishtirokchida noma’qul obro‘ shakllanganligiga dalolat qiladi. Yashil yulduzlarga ega ishtirokchi ijobiy reytingga ega bo‘lib, ishonchga munosib sanaladi.

“Reyting”da ishtirokchiga da’volar to‘g‘risida yoki “Vijdonsiz hamkorlar” forumidagi tilga olishlar to‘g‘risida yozuvlarni topish mumkin. Muhimi – hamkorlik shartlarining buzilishini Birja yuristlari tasdiqlashlari lozim – faqat shunda ishtirokchining reytingi pasaytirilishi mumkin. Agar yuk tashish ishtirokchilari hamkorlikdan mamnun bo‘lsalar, bir-birlariga tavsiyalar beradilar, ular ham “Pasport”da aks etadi.

Xalqaro yuk tashish bilan shug‘ullanadigan kompaniyalar “reyting” qo‘yilmasidagi axborot yordamida kontragentlarni baholash imkoniga allaqachon egalar. Ichki yuk tashish bozori ishtirokchilari bu vositadan tez orada foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

-             2023 yilda Birjada yangi funksiyalar paydo bo‘ldimi?

-             2023 yil boshlarida biz “ATI haydovchi” transport GPS-monitoringi servisini yo‘lga qo‘ydik va u darhol katta talab bilan ishlatila boshladi. Servis tufayli mashinani va yuk tashish maqomini xaritada kuzitb borish mumkin, bu tashish zanjirini xavfsizroq va shaffofroq qiladi. Yuk tashish kompaniyalari ushbu vosita yordamida haydovchi bilan ishlashni tartibga solishlari va avtomatlashtirishlari, ularning harakatlanishlarini nazorat qilishlari mumkin bo‘ladi. Yuk tashishlar maqomi buyurtmachi kompaniya uchun ham ochiq bo‘lishi mumkin.

-             Sohaning kelgusi rivojlanishi borasida prognozingiz qanday?

-             Bugungi kunda Yevroosiyo ichida logistik zanjirni ta’minlashda butun Markaziy Osiyo mintaqasining roli oshdi. O‘zbekiston, mamlakat ichida transport infratuzilmasini yangilab va xalqaro loyihalarda qatnashib, yangi logistik tarmoqlarga muvaffaqiyatli qo‘shilib bormoqda.

O‘zbekiston uchun avtomobilda yuk tashishlar alohida ahamiyatga ega, chunki mamlakatda dengizga chiqish yo‘li yo‘q. Yuk tashishlarning xavfsizligi, xarajatlar optimizatsiyasi va shaffoflikni oshirish hisobiga erishiladigan jarayonlarning qulay tashkil etilishi va samaradorligi – bularning barchasi zamonaviy voqelikda mamlakat iqtisodiyotini olg‘a boshlayotgan logistika tarmog‘ining takomillashganini namoyish etadi. “ATI.SU yuk tashishlar birjasi” doirasida biz rivojlantirayotgan onlayn-servislar avtomobilda yuk tashishlarni yangi darajaga olib chiqishga yordam beradi.

Prognozimizga ko‘ra, o‘zbekistonlik kompaniyalar onlayn-servislardan tobora ko‘proq foydalanadilar, chunki biznes qayerda foyda borligini ko‘radi va eng manfaatli yechimlarni tezda tatbiq etadi.

“ATI.SU yuk tashishlar birjasi”ning bazaviy funksionali bepul.

Kengaytirilgan funksionalni sinab ko‘rish uchun 2023 yil 31 dekabrga qadar ro‘yxatdan o‘ting, UZ2023 promokodini kiriting va 14 kunlik bepul muddatga ega bo‘ling.

Kontaktlar:

Telefon: +998 90-821-00-52

Sayt: ati.su/landings/cargo-uz/

Reklama

Mavzuga oid