Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barsa» Italiya chempioniga qarshi, «Real» Germaniyaga boradi. YeChL 1/8 final bosqichiga qur’a tashlandi
UYeFA Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unga ko‘ra, «Arsenal» «Portu» maydoniga safar qilsa, «Barselona» Italiya chempioni «Napoli»ga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi. «Real» esa Germaniyaning «Leypsig» jamoasi bilan chorakfinal yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Chempionlar ligasi 1/8 final juftliklari:
- «Portu» (Portugaliya) – «Arsenal» (Angliya)
- «Napoli» (Italiya) – «Barselona» (Ispaniya)
- «PSJ» (Fransiya) – «Real Sosiyedad» (Ispaniya)
- «Inter» (Italiya) – «Atletiko» (Ispaniya)
- PSV (Niderlandiya) – «Borussiya» Dortmund (Germaniya)
- «Latsio» (Italiya) – «Bavariya» (Germaniya)
- «Kopenhagen» (Daniya) – «Manchester Siti» (Angliya)
- «Leypsig» (Germaniya) – «Real» (Ispaniya)
Ma’lumot uchun, nimchorakfinalning dastlabki o‘yinlari 13-14 va 20-21 fevral kunlari, javob uchrashuvlari esa 5-6 va 12-13 mart kunlari o‘tkaziladi. Guruh g‘oliblari javob o‘yinini o‘z maydonida o‘tkazadi.
Mavzuga oid
21:21 / 14.12.2020
UYeFA Chempionlar ligasi nimchorakfinal o‘yinlari sanasini e'lon qildi
22:09 / 25.04.2019
Chempionlar Ligasining yangi formati taklif qilindi
20:15 / 26.10.2018
Chempionlar Ligasida haftaning eng chiroyli goli aniqlandi
18:22 / 26.10.2018