O‘zbekiston | 10:18 / 18.12.2023
5991
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent, Buxoro va Namanganda maishiy chiqindilar bo‘yicha xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari belgilandi

Toshkent shahri, Buxoro hamda Namangan viloyatlarida ham maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari belgilandi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonning yana uch hududida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari tasdiqlandi

Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi axborot xizmati xabar berishicha, unga ko‘ra:

Toshkent shahri bo‘yicha aholi uchun 7500 so‘m hamda yuridik shaxslarga 1 tonna uchun (QQSsiz) 188 ming 808 so‘m va 1 kubometr uchun (QQSsiz) 89 ming 977 so‘m to‘lov miqdori belgilandi.  

Buxoro viloyatida esa aholi uchun shaharlarda 1 kishiga oylik 5000 so‘m, tumanlarda 4000 so‘m hamda yuridik shaxslarga 1 tonna uchun (QQSsiz) shaharlarda 186 ming so‘m, tumanlarda 160 ming so‘m va 1 kubometr uchun (QQSsiz) shaharlarda 83 ming so‘m, tumanlarda 71 ming so‘m to‘lov miqdori etib belgilanishi ma’qullandi.

Namangan viloyati bo‘yicha aholi uchun 5000 so‘m hamda yuridik shaxslarga 1 kubometr uchun (QQSsiz) 50 ming so‘m to‘lov miqdori belgilandi.

Bundan oldin Andijon, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash hamda olib chiqib ketish tariflari oshgandi

 

Mavzuga oid