O‘zbekiston | 20:43 / 19.12.2023
11609
1 daqiqa o‘qiladi

Beruniy tumaniga yangi hokim tayinlandi 

Ikrom Xidirov Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumani hokimi etib tayinlandi. 

Ikrom Xidirov

19 dekabr kuni Beruniy tumani xalq deputatlari kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi xabar berdi. 

Yig‘ilishda Ikrom To‘rebayevich Xidirov Beruniy tumani hokimi etib tayinlandi. U shu kunga qadar «Qaraqalpaqstan agroklaster» korxonasida faoliyat olib borgan. 

Tumanni 2018 yildan boshqarib kelgan Otabek Saparbayev 2023 yil oktyabr oyida ishdan olingan edi.

Mavzuga oid