Jahon | 22:13 / 19.12.2023
11229
2 daqiqa o‘qiladi

Samolyot parvozi paytida qanday kasalliklar kuchayishi mumkinligi aytildi 

Koronar qon oqimi yomon bo‘lgan odamlar parvozdan o‘zini tiygani ma’qul. 

Foto: Pixabay

Samolyot parvozi inson tanasining barcha tizimlariga katta stress keltiradi, ammo yurak-qon tomir tizimiga ayniqsa og‘ir bo‘ladi. Bu haqda terapevt, tibbiyot fanlari nomzodi Andrey Kondraxin «Vechernyaya Moskva» nashriga gapirib berdi.

Mutaxassis so‘zlariga ko‘ra, samolyot yerdan o‘n minglab metr balandlikda, havosiz bo‘shliqda uchadi. Samolyot osmonga ko‘tarilganda uning ichidagi atmosfera bosimi ham pasayadi. Gravitatsion qalqishlar inson tanasiga bosim qiladi, shuning uchun samolyotda ba’zi kasalliklar kuchayishi mumkin. 

Kondraxin so‘zlariga ko‘ra, samolyotda odam tanasi suvsizlanadi. Shu sababli, buyraklar faolroq ishlay boshlaydi va tanadan suyuqlikni odatdagidan tezroq chiqarib tashlaydi. Bu qon tromblarining paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. 

Terapevtning ta’kidlashicha, koronar qon oqimi ham buzilishi mumkin, bu esa jiddiy yurak muammolariga olib keladi. 

Koronar qon oqimi yomon bo‘lgan odamlar samolyotda kislorod yetishmasligini boshdan kechiradi. Bu yurak xurujining sabablaridan biri bo‘lishi mumkin. Ammo bu koronar yetishmovchilik bor odamlarda yuz beradi. 

Yuragi shuntirlangan odamlar samolyotda o‘zini xavfsiz his qilishi mumkin. Parvoz yurak stimulyatori ishlashiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. 

Mavzuga oid