O‘zbekiston | 11:00 / 19.12.2023
6870
10 daqiqa o‘qiladi

Sizning Shri-Lanka Sayohati bo‘yicha shaxsiy yo‘riqnomangiz: 2024 yil trendi "dan – gacha"

Foto: Asialuxe Travel

“Asialuxe Travel” Milliy turoperatori ketma-ket uchinchi yil “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi qanotlarida Shri-Lankaning beqiyos oroliga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu yo‘nalish O‘zbekiston sayyohlik maydoniga shijoat bilan kirib keldi va yurtdoshlarimiz hamda xorijlik mehmonlar orasida katta shuhrat qozonmoqda.

Agar uzoq vaqtdan beri Shri-Lanka safarini ko‘zlab yurgan bo‘lsangiz, “Asialuxe Travel” sizga ushbu maqolani o‘qib chiqishni tavsiya qiladi. Maqolada mamlakat va undagi ta’tillar haqida eng muhim savollarga javob olasiz.

Shri-Lanka bu - ...

Shri-Lanka tabiat va sarguzashtlarni sevuvchilar uchun jannatdir. Orolning har bir burchagi, Bentotaning oltin qumli plyajlaridan tortib, Nuvara Eliya yashil choy plantatsiyalarigacha, go‘zallik va osoyishtalikka to‘la.

Shri-Lanka bu - abadiy yoz demak. Okeandagi havo harorati +26 dan +35 ° C gacha bo‘lib, namlik 70-80% ni tashkil qiladi, okeandagi suv harorati ko‘pincha havodan bir oz sovuqroq bo‘ladi.

Orolning janubiy yarmi suzish uchun ishlatiladi: qishda - g‘arbiy qismi, yozda - sharqiy qismi. Dengiz va okean hamma joyda iliq, plyajlar ko‘pincha qumli, ammo to‘lqinlar va oqimlarni hisobga olish kerak. Sayyohlar uchun eng mashhur va mos plyajlar - Unavatuna, Veligama, Mirissa, Kandi, Ella va boshqalar.

To‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar qachondan boshlanadi?

To‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar 2023 yil 30 dekabrda boshlanib, 9 martda yakunlanadi. Parvozlar har hafta shanba kunlari amalga oshiriladi:

• 30.12.2023-06.01.2024

• 06.01.2024-13.01.2024

• 13.01.2024-20.01.2024

• 20.01.2024-27.01.2024

• 27.01.2024-03.02.2024

• 03.02.2024-10.02.2024

• 10.02.2024-17.02.2024

• 17.02.2024-24.02.2024

• 24.02.2024-02.03.2024

• 02.03.2024-09.03.2024

U yerga qanday borish mumkin?

Albatta, to‘g‘ridan to‘g‘ri reysda sevimli “O‘zbekiston havo yo‘llari” laynerlari qanotlarida uchishingiz mumkin. Kompaniya o‘z mehmonlari ovqatlanishiga alohida e’tibor beradi - uzoq parvoz davomida ular nafaqat tushlik, mazali issiq ovqat va ichimliklar, balki sendvich ko‘rinishidagi yengil tamaddi hamda shirin maffin, choy yoki kofe taklif qilishadi. Shuningdek, turli xil ko‘ngilochar media mahsulotlari va layner ekipajining alohida e’tibori ham yo‘lovchilarni xursand qiladi.

Parvoz necha soat davom etadi?

Toshkent –  Shri-Lanka parvozi 6 soat davom etadi. Bu vaqt ichida bort xizmatidan bahramand bo‘lishingiz, qiziqarli filmlarni tomosha qilishingiz, kitob o‘qishingiz yoki oroldagi ta’tilingiz jadvalini rejalashtirishingiz mumkin.

Sayohat uchun nima kerak?

Dam olish maskaniga uchish uchun pasport, bron qilingan vaucherlar va aviachipta kerak bo‘ladi. Shuningdek, ajoyib hordiq chiqarish uchun ijobiy kayfiyat ham.

Viza kerak bo‘ladimi?

O‘zbekiston fuqarolari mamlakatga elektron viza taqdim etgachgina kiradi. Turoperatorlar siz uchun vizani turni ro‘yxatdan o‘tkazish paytida to‘ldiradi.

Shri-Lanka kimlarga to‘g‘ri keladi?

Orol barchaga birdek mos keladigan turli xil dam olish formatlarini taklif etadi. Katta oilalar, juftliklar, do‘stlardan iborat shovqinli jamoa yoki yolg‘iz sayohatchilar - har kim o‘zining “o‘z” makonini topadi, xoh u kurort mehmonxonalari, tanho bungalovlar yoki ko‘plab ziyofatlar tashkil etiladigan mehmonxonalar bo‘lsin.

Qolish uchun eng yaxshi joy qaysi?

Milliy turoperator turli budjet toifalariga ega qulay yashash mumkin bo‘lgan mehmonxonalar ro‘yxati bilan tanishishni taklif qiladi:

30.12.2023-01.06.2024

• VILLA WATUNA 3* 17,6 mln so‘mdan boshlab

• SEA BREEZE GUESTHOUSE UNAWATUNA 3* 18,2 mln so‘mdan boshlab

• COCO ROYAL BEACH RESORT 4* 20,8 mln so‘mdan boshlab

• ANANTAMAA HOTEL TRINCOMALEE 4* 21,1 mln so‘mdan boshlab

• THAPROBAN PAVILION RESORT & SPA 4* 22,3 mln so‘mdan boshlab

• JIE JIE BEACH BY JETWING 4* 23,1 mln so‘mdan boshlab

• CENTARA CEYSANDS RESORT & SPA 5* 24,2 mln so‘mdan boshlab

• JUNGLE BEACH RESORT 5* 25,6 mln so‘mdan boshlab

• SHERATON KOSGODA TURTLE BEACH RESORT 5* 32,8 mln so‘mdan boshlab

Shri-Lankadagi mehmonxonalar qanday taomlarni taklif qiladi?

Har bir mehmonxonaning o‘ziga xos ovqatlanish konsepsiyasi bor - nonushta asosidagi ovqatlanish turidan tortib, “all inclusive”gacha.

Safar maqsadiga qarab ovqatlanish turini tanlash mumkin. Imkon qadar mehmonxonadan tashqarida faol dam oluvchi va orolni kashf etish istagidagi sayyohlar nonushta xizmatini yoki half board (nonushta + kechki ovqat) turini tanlashlari maqsadga muvofiqdir.

Oilaviy guruhlar “full board”ni tanlagani ma’qul - uch martalik ovqatlanish, bolalar bilan birgalikda dam oluvchilar uchun “all inclusive” konsepsiyasi ideal hisoblanadi - “all inclusive”da gazaklar soni bo‘yicha cheklov bo‘lmaydi.

Bolalar bilan dam olish mumkinmi?

Shri-Lankadagi ob-havo va iqlim sharoiti - iliq okean, havo haroratining o‘zgarmasligi va kuchli to‘lqinlarning yo‘qligi bolalar bilan dam olishga ideal variantdir. Orolda ko‘plab kurort mehmonxonalarning mavjudligi kichik yoshdagi bolalar bilan dam olishni qulaylashtiradi. Maxsus animatorlar va shou dasturlari jajji mehmonlarni ko‘nglini olishga, restoranlar esa ularni ko‘plab mazali taomlar bilan siylashga tayyor. Bundan tashqari, kichkintoy sayyohlar mehmonxonalar tashqarisida “sarguzashtlar”dan bahramand bo‘lishlari mumkin. Asialuxe Travel variantiga ko‘ra, bolali oilalar uchun eng yaxshi mehmonxonalar ro‘yxati, foydalaning:

• CENTARA CEYSANDS RESORT & SPA 5* 24,2 mln so‘mdan boshlab

• HOTEL RIU SRI LANKA 5* 27,8 mln so‘mdan boshlab

• ANANTARA KALUTARA RESORT 5* 40,7 mln so‘mdan boshlab

• ANANTARA PEACE HAVEN TANGALLE RESORT 5* 45,8 mln so‘mdan boshlab

Shri-Lankada qanday ekskursiyalarga borish kerak?

Shri-Lankaga tashrif buyurganingizda, bizning qisqa ro‘yxatimizdagi diqqatga sazovor joylarni o‘tkazib yubormaslikka harakat qiling. Ishoning, bularning bari ko‘rishga arziydi.

• Nuvara Eliya va Kandidagi choy plantatsiyalari

• Pinnavela fillar boshpanasida fillar bilan uchrashuv;

• Qirollik botanika bog‘i;

• Baland tog‘li Ella shahri – to‘qqiz ustunli “osmon ko‘prigi”, “Kichik Odam Ato cho‘qqisi” va 19 metrli Ravana sharsharasi;

• Kandi shahridagi Tish yodgorligi ibodatxonasi;

• Yala yoki Udavalave milliy bog‘larida ochiq havoda sayr;

• Sinharaja yomg‘irli o‘rmoni: Janubiy Osiyodagi eng katta tropik o‘rmon.

Nimalarni olish kerak?

Rang-barang orol o‘zining g‘ayrioddiy va foydali “sovg‘alari” - qimmatbaho toshlar, ziravorlar, choy va Ayurveda vositalari bilan mashhur. Sayyohlar ko‘pincha o‘zlari bilan yog‘ochdan yasalgan esdalik haykalchalari va to‘qimachilik buyumlarini, aromaterapiya va teri hamda sochni parvarish qilish vositalari, xushbo‘y choylar va ekzotik mevalar, yog‘lar va ziravorlarni olib ketishadi. Ammo shuni unutmangki, mamlakatdan olib chiqish taqiqlangan narsalar bor bo‘lib, ularga katta miqdordagi mahalliy valuta, ishlov berilmagan qimmatbaho toshlar, antiqa fil suyagidan yasalgan buyumlar va marjonlar kiradi.

Tur narxiga nimalar kiradi?

Tur narxiga kiradi:

• “O‘zbekiston havo yo‘llari” laynerlarining qanotlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri parvoz;

• Aeroport – mehmonxona – aeroport marshruti bo‘yicha transfer;

• Tanlangan mehmonxona konsepsiyasiga muvofiq turar joy va ovqatlanish;

• Tibbiy sug‘urta.

* narxlar DBL’da bir kishi uchun ko‘rsatilgan va e’lon qilingan vaqtda amal qiladi.

Turlarni qayerdan sotib olish mumkin?

Milliy turoperatorning eksklyuziv keng qamrovli tur to‘plamlarini Asialuxe Travel savdo ofislarida va O‘zbekistondagi barcha sayyohlik agentliklarida olish mumkin.

Tur to‘plamlarni band qilishda maksimal qulaylik uchun Google Play va AppStoreʼdan Asialuxe Travel mobil ilovasini yuklab olishni tavsiya etamiz.

Keng qamrovli tur to‘plamlar, narxlar va parvoz shartlari bo‘yicha batafsil ma’lumotni kompaniya veb-saytida yoki quyidagi raqamlar orqali operatorlar yordamida olish mumkin: (+998) 71−211−22−22, (+998) 71−201−77−77.

Asialuxe Travel – Sizning milliy turoperatoringiz.

Sayt: asialuxe.uz

Facebook: asia.luxe.travel

Instagram: @asialuxe.travel 

Telegram: t.me/Asialuxe 

Telegram-qaynoq turlar: t.me/asialuxehottours

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid