O‘zbekiston | 16:33 / 19.12.2023
42046
2 daqiqa o‘qiladi

Soliq idoralarining uch nafar mansabdori qamoqqa olindi

Soliq qo‘mitasining ikki mansabdori va Toshkent shahar Soliq boshqarmasi shu’ba boshlig‘i bitta jinoyat ishi doirasida, talon-toroj qilish va mansab soxtakorligi jinoyatlarini sodir qilganlikda gumonlanmoqda.

Foto: Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati

Soliq qo‘mitasining QQS ma’muriyatchiligi boshqarmasi QQS to‘lovchilarini maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i va qo‘mitaning Soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish departamenti direktori o‘rinbosari, shuningdek, Toshkent shahar Soliq boshqarmasi kameral soliq tekshiruvlar shu’basi boshlig‘i ustidan jinoyat ishi ochilgan.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, ular jinoyat ishi doirasida ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Manbaning bildirishicha, soliq idoralari mansabdorlari o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish hamda mansab soxtakorligida gumonlanmoqda.

  • Avvalroq so‘nggi bir oyda korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlari doirasida o‘nga yaqin mansabdor qo‘lga olingani ma’lum bo‘lgandi.
  • Xususan, sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov talon-toroj va vakolatini suiiste’mol qilishda, Bekobod tumani hokimi Shuhrat Mirzayev budjet mablag‘larini o‘zlashtirganlikda, Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Saidahmad Sultonov yerlarni noqonuniy sotish bilan bog‘liq jinoyat ishda gumonlanib qo‘lga olingan.

Mavzuga oid