Arzon degani manfaatli degani emas: rasmiy Samsung smartfonini norasmiydan qanday ajratish mumkin va nima uchun ikkinchisi tavsiyaga loyiq emas?
Samsung Electronics o‘zining rasmiy mahsulotlarini tanlashni, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida mobil qurilmalar bozorida shubhali takliflardan bosh tortishni tavsiya qiladi.
Nima uchun norasmiy qurilmalar xaridorlarni jalb qiladi? Sababi juda oddiy: arzon narxlar. Ammo bu tejamkorlik norasmiy qurilmalar keltirib chiqaradigan barcha xavf-xatarlarga arziydimi? Keling, buni aniqlaymiz.
Norasmiy smartfon nima va uning rasmiy smartfondan farqi nimada?
Norasmiy smartfonlar odatda ishlab chiqaruvchining roziligisiz yoki vakolatli distribyutorlar ishtirokisiz bir mamlakatdan boshqasiga olib kelinadi. Bular rasman sertifikatlanmagan, va mahalliy bozor uchun to‘liq funksional sinovdan o‘tmagan mahsulotlardir. Ular uchun Samsung Electronics kafolati yo‘q, shuning uchun ularga vakolatli xizmat ko‘rsatish markazlarida bepul xizmat ko‘rsatish mumkin emas hamda qurilmalarning IMEI kodlari uchinchi shaxslar orqali ro‘yxatdan o‘tgan bo‘ladi.
Xaridor uchun qanday xavflar yuzaga keladi?
· Oldindan o‘rnatilgan dasturlar. Norasmiy smartfonlarda oldindan o‘rnatilgan boshqa ilovalar bo‘lishi mumkin yoki aksincha, ma’lum bir mintaqa uchun ilovalar bo‘lmasligi mumkin.
· Dasturiy ta’minotlarning avtomatik yangilanishlari mavjud emasligi. Norasmiy smartfonlarga ishlab chiqaruvchi tomondan muntazam dasturiy ta’minot va xavfsizlik yangilanishlari taqdim etilmaydi.
· Til va lokalizatsiya. Muayyan mamlakat yoki mintaqa uchun rasmiy smartfonlar til imkoniyatlari va mahalliy bozorga mo‘ljallangan funksiyalarga ega. Norasmiy smartfonlarda esa til sozlamalari yoki tegishli opsiyalar mavjud emas.
· Kafolatlanmagan. Alohida ta’kidlash kerakki, siz Samsung Electronics tomonidan hech qanday kafolatga ega bo‘lmaysiz. Norasmiy distribyutorlardan sotib olayotganda siz yangi qurilma sotib olayotganingizga ishonch hosil qila olmaysiz: u shikastlangan, ochilgan yoki almashtirilgan qismlar bilan qayta yig‘ilgan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, agar qurilma buzilgan bo‘lsa, vakolatli xizmat ko‘rsatish markazlari sizga bepul xizmat ko‘rsatmaydi.
· IMEI kodi. Norasmiy qurilmalarda IMEI kodlari uchinchi shaxslar nomidan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘ladi, bu esa ma’lum xavflarni keltirib chiqaradi: agar qurilmangiz jinoyatchi nomidan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa-chi?
Norasmiy smartfonni rasmiydan qanday ajratish mumkin?
Mahsulotning qadoqlanishiga e’tibor berishingiz va ma’lumotlar omborida IMEI kodni tekshirishingiz kerak:
1. Qadoq. Qadoqda o‘zbek tilida matn bo‘lishi shart.
2. Golografik stiker. Samsung O‘zbekistondagi aqlli qurilmalari uchun rasmiy gologramma stikeridan foydalanadi. Gologramma qurilma qutisining old tomoniga joylashtirilgan bo‘lib, yozuvlar o‘zbek tilida (“Samsung O‘zbekiston rasmiy mahsulot — 1 yil kafolat”), fonida esa O‘zbekiston xaritasining konturi (chiziq shakli) tasvirlangan.
3. IMEI kodi. Rasmiy qurilmalarning barcha IMEI kodlari “Samsung Electronics Uzbekistan” XK MChJ yoki rasmiy distribyutorlar nomidan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘ladi. Maxsus Telegram botiga kiring yoki veb-saytga o‘ting, IMEI kodini kiriting va qurilmangiz rasmiy ekanligiga ishonch hosil qiling.
Nima uchun rasmiy mahsulotlarni tanlash kerak?
· Ishlab chiqaruvchi tomonidan 1 yillik rasmiy kafolat, ya’ni kafolat doirasida bepul xizmat ko‘rsatish yoki ishlab chiqarishdagi nuqsonli qurilmani yangisiga almashtirish mumkin.
· Muntazam yangilanishlar. Rasmiy qurilmalar Samsung Electronics'dan muntazam dasturiy ta’minot va xavfsizlik yangilanishlarini oladi. Bu nafaqat eng oxirgi funksionallikni taqdim etadi, balki ehtimoliy xavf va tahdidlardan himoya qilishni ham o‘z ichiga oladi.
· Sifat va ishonchlilik. Rasmiy smartfonlar sifat va texnik ko‘rsatkichlar bo‘yicha qattiq sinovlardan o‘tadi, bu esa yuqori darajadagi ishonchlilikni ta’minlaydi.
· Pul va asablarni tejash. IMEI'ni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki qurilma sifati haqida qayg‘urmasdan ishonchli yetkazib beruvchidan kafolatga ega qurilma olasiz. Shuningdek, Samsung Electronics kompaniyasining turli aksiyalari va chegirmalari orqali qurilmalarni qulay narxlarda xarid qilishingiz mumkin.
Norasmiy qurilmalarni xarid qilsangiz, doim xavfda bo‘lasiz. Sotib olayotganda tejab qolayotganingiz mahsulotni ishlatish paytida sizni kattaroq pulga tushirishi mumkin.
Samsung Electronics brend yoki hamkor do‘konlardan rasmiy mahsulotlarni xarid qilish sizga sifat va ishonch bag‘ishlaydi hamda qurilmangizdan uzoq muddat foydalanishdan bahramand bo‘lishingizni kafolatlaydi!
Veb-saytdagi rasmiy do‘konlar ro‘yxatini tekshiring
Murojaat uchun telefon raqami: 7799
Reklama
Mavzuga oid
18:59 / 21.07.2022
Toshkentda Samsung Electronics kompaniyasining rasmiy do‘koni va servis markazi ochildi
20:30 / 01.11.2017
HP kompaniyasi Samsung Electronics’ning printerlar ishlab chiqaruvchi bo‘linmasini sotib oldi
17:26 / 28.08.2017
Samsung Xitoydagi chiplar ishlab chiqaruvchi zavodiga 7 mlrd dollar sarmoya kiritadi
08:29 / 17.02.2017