Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya parlamenti munozarali immigratsiya qonunini ma’qulladi
Hujjat noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilishni soddalashtiradi va bir qator imtiyozlar olish shartlarini kuchaytiradi. Migratsiya qonunchiligini isloh qilish Fransiya prezidentining yana bir yirik loyihasidir.
Fransiya Milliy assambleyasi (parlamentning quyi palatasi) Senat ortidan munozarali immigratsiya qonun loyihasini ma’qulladi. 19 dekabr, seshanba kuni 349 deputat hujjatni qo‘llab-quvvatladi, 186 nafari esa unga qarshi chiqdi.
Qonun loyihasi noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilishni soddalashtirish va migratsiya kvotalarini joriy etishni nazarda tutadi. Ba’zi ijtimoiy nafaqalarni olish shartlari kuchaytiriladi - endi Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi mamlakatlardan kelgan ishsiz muhojirlar Fransiyada 5 yil bo‘lganidan keyingina uni olishi mumkin.
Bundan tashqari, Fransiya huquq-tartibot idoralari xodimlariga qarshi jinoyat sodir etgan ikki fuqaroligi bo‘lgan shaxslardan fransuz pasporti olib qo‘yilishi mumkin. «Bugun qattiq choralar ko‘rish zarurati mavjud», dedi ovoz berish tugaganidan keyin ichki ishlar vaziri Jyerald Darmanen.
Yelisey saroyining ikkinchi yirik loyihasi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron uchun immigratsiya qonunchiligini isloh qilish pensiya islohotidan keyingi ikkinchi yirik loyihadir. Biroq qonun loyihasini qabul qilish qiyinchiliklar bilan birga kechdi. Bir necha kun oldin parlament bu hujjatni rad etgandi.
Asl nusxada qonun loyihasi migrantlarning integratsiyalashuviga ko‘maklashish, shuningdek, Fransiyaga noqonuniy yo‘llar bilan kelganlarni deportatsiya qilishni soddalashtirishga qaratilgan edi. Biroq, keyinchalik Makron tarafdorlari ko‘pchilik bo‘lmagan Senat hujjatning aksariyat bandlarini qat’iylashtirdi.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025