Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat 2024 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
Qonunda 2024 yilda konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari 375 trln so‘m, xarajatlari esa 427,6 trln so‘m miqdorida bo‘lishi belgilangan. Taqchillik chegarasi – 52,5 trln so‘m yoki YaIMga nisbatan 4 foiz.
Oliy Majlis Senatining 48-yalpi majlisida «2024 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonuni ko‘rib chiqildi.
Muhokamalar jarayonida 2024 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 5,6-5,8 foiz miqdorida bo‘lishi kutilayotgani qayd etildi.
Qonunda 2024 yilda konsolidatsiyalashgan budjet daromadlari 375 trln so‘m miqdorida, xarajatlari esa 427,6 trln so‘m miqdorida rejalashtirilgan holda konsolidatsiyalashgan budjet 52,6 trln so‘m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 4 foiz miqdoridagi taqchillik bilan shakllantirildi. Shuningdek, asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoldirildi.
Keyingi yilda ham budjet xarajatlarining ijtimoiy yo‘naltirilgani saqlab qolinib, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, fan, madaniyat va sportni rivojlantirish, muhtoj aholini uy-joy bilan ta’minlash va boshqa ijtimoiy tadbirlar uchun jami Davlat budjeti xarajatlarining qariyb 50 foizi yoki 151,5 trln so‘m yo‘naltiriladi.
Qayd etilishicha, mahalliy va importga belgilangan aksiz solig‘i stavkalarini tenglashtirish maqsadida alkogol va tamaki mahsulotlari importi uchun stavka 5 foizga pasaytirilib, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ohaktoshning 1 tonnasi uchun 2 baravarga pasaytirilmoqda.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Mavzuga oid
12:23 / 28.05.2025
Hayvonlarni identifikatsiya qilish jarayonlari tartibga solinadi
15:58 / 12.05.2025
Mahalliy reyslar uchun subsidiya barcha rezident aviakompaniyalarga to‘lanadi
16:22 / 01.05.2025
Yerosti suvlaridan hisoblagichsiz foydalanganda soliq to‘lovi besh barobar oshiriladi
16:21 / 30.04.2025