Senat majlisida yerusti piyodalar o‘tish joylaridagi lift va eskalatorlar ishlamasligi tanqid qilindi
Senat raisiga ko‘ra, keksalar, yosh bolalar, bolali ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar yerusti piyoda o‘tish ko‘priklaridan foydalanganda qiynalmoqda va bu ularning noroziligiga sabab bo‘lyapti.
Senatning qirq sakkizinchi yalpi majlisida Toshkent shahri yo‘llaridagi yerusti piyodalar o‘tish joylaridan (ko‘priklar)da lift va eskalatorlar ishlamasligi tufayli piyodalar, ayniqsa keksalar, homiladorlar, yosh bolalilar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar turli qiyinchiliklarga duch kelayotgani aytib o‘tildi. Xususan, Muqimiy (“Novza” metro bekati), Abdulla Qodiriy ko‘chalaridagi ko‘priklarda lift va eskalatorlar ishlamasligi, Muqimiy va Lutfiy ko‘chalari kesishmasidagi 2 ta ko‘prik va Shota Rustaveli ko‘chasidagi ko‘prikda lift yoki eskalatorning o‘zi yo‘qligi alohida ta’kidlangan.
Senator Odiljon Iminovning ta’kidlashicha, buning natijasida nogironligi bo‘lgan shaxslar yo‘lning belgilanmagan joylaridan kesib o‘tmoqda.
“Davlat rahbari yaqinda selektor yig‘ilishida 4 mingdan ortiq YTH sodir bo‘lganligini ta’kidlab o‘tdi. Hodisalarning 47 foizi piyodalar yo‘lning belgilanmagan joylaridan kesib o‘tishi oqibatida sodir bo‘lgan. Albatta, buning ichida faqat nogironligi bo‘lgan shaxslar emas, boshqa shaxslar ham bor. Shu masala yuzasidan ham mutasaddilardan tushuntirish berishlarini so‘ragan bo‘lar edik”, – degan santor.
Mazkur masalasa yuzasidan Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva ham fikr bildirib o‘tgan.
“Keksalar, yosh bolalar, bolali ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar yerusti piyoda o‘tish ko‘priklaridan foydalanganda qiynalayotgani va tabiiyki, bundan ular norozi bo‘layotganining guvohi bo‘lyapmiz. Masalan, Toshkent shahridagi Muqimiy, Abdulla Qodiriy, Shota Rustaveli ko‘chalardagi yerusti piyoda o‘tish ko‘priklarida lift va eskalatorlar ishlamayapti yoki umuman o‘rnatilmagan.
Biz, birinchi navbatda, Toshkent shahri hokimligi, Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi hamda Senat, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi birgalikda tegishli idora va tashkilotlar bilan yuqorida aytilgan masalalarni ko‘rib chiqishimiz lozim.
Inklyuzivlik — tenglik va adolatning muhim asosidir. Bu jamiyatning har bir jabhasida bo‘lishi kerak, har bir kishi uchun jamiyat hayotida ishtirok etish uchun imkoniyat yaratish zarur. Bu, ayniqsa, shaharsozlik va transportda muhim ahamiyatga ega: biz har bir inson jismoniy cheklanishlariga qaramay erkin harakatlanishini ta’minlashga intilishimiz kerak”, – deya ta’kidlagan Tanzila Norboyeva
Senat raisi muammo yuzasidan o‘n kun muddatda yechimi ko‘rsatilgan takliflar kiritish bo‘yicha topshiriq bergan.
Mavzuga oid
15:48 / 20.11.2024
Senat qo‘mitalariga raislar saylandi
13:56 / 19.11.2024
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
12:40 / 19.11.2024
2025 yilda tuman va shaharlar budjetlari 1,5 barobarga oshadi
12:27 / 19.11.2024