Vodiy viloyatlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilyapti
Namangan, Farg‘ona va Andijonda elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.

Foto: Kun.uz
Vodiy viloyatlari iste’molchilarining elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 21 dekabr kuni soat 14:13 da vodiy viloyatlari iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi yuqori kuchlanishli «L-524» elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.
Buning natijasida vodiy viloyatlari (Namangan, Farg‘ona va Andijon)ning elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.
Hozirgi vaqtda ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilyapti. Nosozlik tez orada bartaraf etilib, elektr energiyasi barqarorligi ta’minlanishi aytilgan.
Mavzuga oid

22:49 / 12.03.2025
Farg‘ona aeroportida Rossiya samolyotining g‘ildiragi chiqib ketdi

15:33 / 12.03.2025
Farg‘onada ommaviy bezorilik uyushtirgan Otabek Vallomov qamoqqa olindi

09:40 / 06.03.2025
2,1 mlrd so‘mlik elektrdan o‘g‘rincha foydalangan korxona fosh etildi

14:05 / 05.03.2025