O‘zbekiston | 16:56 / 22.12.2023
9767
1 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Oqqo‘rg‘onda 6000 ga yaqin xonadon va ulgurji iste’molchining gaz ta’minoti yaxshilandi

Shu kungacha Oqqo‘rg‘on tuman aholisiga tabiiy gaz “Bo‘ka” gaz taqsimlash stansiyasidan berilgan. 19 mingdan ortiq iste’molchisi bo‘lgan hudud uchun esa bu muammo edi. Havo sovib ketgan sharoitda bunga tezkor chora ko‘rish zarurati yuzaga keldi.

Foto: O‘ztransgaz

Energetika vazirligi topshirig‘iga ko‘ra, Oqqo‘rg‘onning "Sultonobod", "S.Tegizboyev", "S.Rahimov", "Qo‘rg‘oncha", "Birlik" va "Mustaqillik" mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi 5640 ta aholi xonadoni hamda hududdagi 147 ta ulgurji iste’molchi alohida tarmoqqa o‘tkazildi. Natija esa raqamlarda: gaz uzatish masofasi 16 kilometrga qisqargan, bosim esa ikki barobarga ortgan. 

"Olimkent Avto Reys" Gsga qurib bitkazilgan yangi tarmoq o‘z vaqtida va muammoning to‘g‘ri yechimi bo‘ldi. Hudud iste’molchilarining qariyb 30 foizi alohida tarmoqqa o‘tkazilishi bilan markazdagi 7 mingga yaqin aholi xonadoniga gaz yetkazib berish yaxshilandi. "O‘ztransgaz" AJ iste’molchilarga gaz yetkazib berishda bu kabi choralarni davom ettiradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid