Iqtisodiyot | 10:19 / 23.12.2023
17877
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston qiymati 1 mlrd dollardan ortiq meva va sabzavotlarni xorijga sotdi

11 oyda 1,6 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan.

Foto: Ruslan Pryanikov

2023 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati qariyb 1,1 mlrd AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,6 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatgich 2022 yilning mos davriga nisbatan 1,4 foizga yoki 23,1 ming tonnaga ko‘paygan.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (37,6 foiz), Pokiston (16,5 foiz), Xitoy (12,7 foiz) hamda Qozog‘iston (10,4 foiz) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Mavzuga oid