Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent – Madina yo‘nalishi bo‘yicha ayrim aviareyslar 12 soatdan ko‘proqqa kechiktirildi
Panorama Airways aviakompaniyasining Toshkent – Madina yo‘nalishi bo‘yicha parvozlari 12 soatdan ko‘proqqa kechiktirildi.
Panorama Airways aviakompaniyasining Toshkent – Madina yo‘nalishi bo‘yicha 5P5381 va 5P5369 reyslari poytaxt aeroportida samolyotlarning kech yetib kelgani sababli 12 soatdan ortiq kechiktirildi.
Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, aviakompaniya yo‘lovchilarni ichimliklar va issiq ovqat bilan ta’minlab, mehmonxonada joylashtirishni taklif qilgan.
Har ikki reys ham yaqin soatlarda manzil aeroportiga jo‘nab ketishi rejalashtirilgani aytiladi.
Parvoz jadvaliga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni aviatashuvchidan olish mumkin.
Mavzuga oid
22:01 / 23.04.2025
Indoneziyada bomba haqida hazil qilgan ayol reysdan tushirib qoldirildi
08:30 / 10.02.2025
Madina – Namangan samolyoti Farg‘onadagi muqobil aerodromga yo‘l oldi
15:55 / 07.01.2025
Saudiya Arabistonida yomg‘irlar tufayli Makka va Madinani suv bosdi
17:28 / 27.11.2024