Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 yanvardan suvdan foydalanish bo‘yicha «Tejamkor uy» reyting tizimi ishga tushiriladi
Nukusda ichimlik suvidan foydalanish bo‘yicha ko‘p qavatli uylar o‘rtasida «Tejamkor uy» va «Tejamkor xonadon» reyting tizimi ishga tushiriladi. Mazkur tajriba 2025 yildan Toshkent shahri va barcha viloyat markazlarida ham joriy qilinadi.
2024 yil 1 yanvardan ichimlik suvidan foydalanish bo‘yicha «Tejamkor uy» reyting tizimi ishga tushiriladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
Qonunchilikka ko‘ra, Nukus shahrida:
- ichimlik suvidan foydalanish bo‘yicha ko‘p qavatli uylar o‘rtasida «Tejamkor uy» va «Tejamkor xonadon» reyting tizimi ishga tushiriladi;
- yil yakuniga ko‘ra, eng kam suv ishlatgan 20 ta xonadon hamda xonadonlarining 50 foizidan ortig‘i belgilangan me’yorlardan kam suv ishlatgan 20 ta ko‘p qavatli uylar rag‘batlantiriladi;
- g‘olib xonadon va uylarga quyosh panellari yoki uy atrofini yoritish moslamalari bepul o‘rnatib beriladi.
Shuningdek, mazkur tajriba 2025 yildan Toshkent shahri va barcha viloyat markazlarida ham joriy qilinadi.
Mavzuga oid
19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi
20:13 / 16.05.2025
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi
20:43 / 11.05.2025
Olimlar Mars qa’rida ulkan ko‘l borligini aniqladi
12:15 / 28.04.2025