O‘zbekiston | 08:01 / 28.12.2023
3593
1 daqiqa o‘qiladi

2023 yilda ro‘yxatdan o‘tkazilgan farmatsevtika mahsulotlari soni aytildi

O‘zbekistonda joriy yilda 1319 nomdagi farmatsevtika mahsulotlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. 

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi xabariga ko‘ra, 2023 yil davomida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning 204 nomdagi dori vositalari, 44 nomdagi tibbiy buyumlari va tibbiy texnikasi, shuningdek, xorijiy ishlab chiqaruvchilarning 214 nomdagi dori vositalari, 857 nomdagi tibbiy buyumlari va tibbiy texnikasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Dori vositalarini, tibbiy buyumlarni va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish natijalariga ko‘ra Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi tomonidan xorijiy ishlab chiqaruvchilarga amal qilish muddati besh yil, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga muddatsiz bo‘lgan tegishli ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi beriladi.

Guvohnoma dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganini va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat berilganini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.

Mavzuga oid