Bekobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Toshkent viloyati kengashi raisi bo‘lgan Shuhrat Do‘sbekov Bekobod tumani hokimi sifatida ish boshladi. Sobiq hokim Shuhrat Mirzayev korrupsiyaga qarshi kurashish tadbiri doirasida qo‘lga olingandi. Unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Toshkent viloyatida xalq deputatlari Bekobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, sessiya kun tartibiga tashkiliy masala kiritilgan. Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi. U o‘z so‘zida tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishga doir dolzarb masalalarga to‘xtaldi.
Zoyir Mirzayev Bekobod tumani hokimi lavozimiga Shuhrat Do‘sbekov nomzodini tavsiya qildi. U xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining qarori bilan tuman hokimi etib tayinlandi.
Shuhrat Do‘sbekov 1980 yilda Toshkent viloyati Piskent tumanida tug‘ilgan. 2008 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.
U faoliyati davomida Toshkent viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i, Bekobod tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Tayinlovga qadar O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Toshkent viloyati Kengashi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Bundan oldin Bekobod tumani sobiq hokimi Shuhrat Mirzayev jinoyat ishida gumonlanayotgani xabar qilingandi.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, u korrupsiyaga qarshi kurashish tadbiri doirasida qo‘lga olingan. Hokimga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Mirzayev Bekobod tumani hokimi lavozimiga shu yil 7 avgustda tayinlangandi. Ungacha «Qishloqqurilishbank» Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Mavzuga oid
12:43 / 06.09.2024
Bekobodda ish vaqtida vafot etgan “elektroset” xodimi uchun 340 mln so‘m undirib berildi
18:36 / 13.08.2024
Bekobodda 5-qavatdan tushib ketib vafot etgan ayolning eri 9 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
18:01 / 26.06.2024
Bekobodda IIB binosidagi o‘lim holati bo‘yicha bir xodim qamoqqa olindi
19:14 / 21.06.2024