O‘zbekiston | 11:00 / 28.12.2023
21306
1 daqiqa o‘qiladi
Reklama

"O‘zbekinvest" sug‘urta kompaniyasi aksiyalari narxi ikkilamchi bozorda nominalga nisbatan deyarli 50% ga oshdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi PF-6207-sonli Farmoniga muvofiq “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi birlamchi ommaviy joylashtirishni (IPO) o‘tkazdi.

Foto: O‘zbekinvest

“O‘zbekinvest” aksiyalarini joylashtirilishi rejalashtirilgan 16 kun o‘rniga 7 ish kunida muddatidan oldin yakunlandi va 7 dekabrda kompaniyaning barcha aksiyalari sotildi. “O‘zbekinvest” aksiyadorlik jamiyatining IPO’ga qo‘yilishi uchun arizalar kitobiga 129 foiz imzolandi, taqdim etilgan 247 ta arizadan 100 tasi bajarildi.

“O‘zbekinvest” aksiyalari IPO joylashtirish tugagandan so‘ng 20 dekabr (chorshanba) kuni birinchi to‘liq savdo sessiyasini boshladi. Savdoning birinchi kunida qimmatli qog‘ozlar kotirovkalari 50% dan ko‘proqqa oshdi, eng yuqori cho‘qqisida ular 1900 so‘mga yaqinlashdi va hozirda "O‘zbekinvest" aksiyalari nominal qiymatdan plyus 50% darajasida sotilmoqda. Tahlilchilar aksiyaning potensial o‘sishi bo‘yicha prognozlarini 50% dan 85% gacha ko‘tarishdi.

Koll-markaz: (+998) 71−207−60−001160

Sayt|Facebook|Instagram|Telegram|YouTube

Mavzuga oid