Toshkentda «Spark» va yuk mashinasi ishtirokidagi YTHda ikki kishi jarohat oldi
Yangihayot tumanida “Spark” va “Gazel” o‘zaro to‘qnashishi oqibatida “Spark” haydovchisi va bir nafar yo‘lovchisi tan jarohat olib shifoxonaga yotqizildi.
Toshkent shahrining Yangihayot tumanida “Spark” va “Gazel” ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB YHXB YTH bo‘yicha ma’lumot berdi.
Joriy yilning 28 dekabr kuni soat 04:55 larda Yangihayot tumani Qipchoq-Sofdil ko‘chalari kesishgan chorrahasida yo‘l-transport hodisasi kuzatilgan.
2000 yilda tug‘ilgan D.M. boshqaruvida bo‘lgan davlat raqami “Spark” rusumli avtomashina va 1987 yilda tug‘ilgan F.R. boshqaruvida bo‘lgan “Gazel” rusumli yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan.
YTH oqibatida “Spark” rusumli avtomashina haydovchisi va bir nafar yo‘lovchisi tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:37 / 23.11.2024
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
15:15 / 23.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Yangihayotda barpo etilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida bo‘ldi
12:50 / 07.11.2024
Toshkentda gaz ta’minoti xodimi 2200 dollar bilan ushlandi
18:20 / 17.10.2024