Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Transafg‘on temiryo‘li qurilishini jadallashtirish muhokama qilindi
Transport vaziri Ilhom Mahkamov Afg‘oniston transport va fuqaro aviatsiyasi vaziri vazifasini bajaruvchi Hamidulla Oxunzoda bilan Toshkentda Transafg‘on temiryo‘li qurilishi loyihasini jadallashtirishni muhokama qildi.
Joriy yilning 26 dekabr kuni O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Afg‘oniston transport va fuqaro aviatsiyasi vaziri vazifasini bajaruvchi Hamidullo Oxunzoda boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuvda tomonlar transport va logistika sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida bir qator masalalarni ko‘rib chiqdi.
Jumladan, avtomobil tashuvlarida undiriladigan yig‘im va to‘lovlarni paritet asosida undirilishini ta’minlash hamda Afg‘oniston hududi orqali tranzit hamda ikki tomonlama tashuvlarni rivojlantirish muhokama qilindi.
Bundan tashqari, temiryo‘l tashuvlaridagi tarif stavkalariga imtiyozlar taqdim etish, «O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston» temiryo‘l qurilishi loyihasini jadallashtirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:26 / 21.05.2025
Chexiya O‘zbekiston transport infratuzilmasi modernizatsiyasida ishtirok etadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025