Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAVga ochiqlik reytingi: Raqamli texnologiyalar vazirligi birinchi, Madaniyat vazirligi oxirgi o‘rinda
21 ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organining 50 ta eng ko‘p o‘qiladigan elektron milliy OAVdagi 2023 yildagi chiqishlari monitoring qilindi va yakuniy reytingi tuzildi.
Oliy Majlis huzuridagi Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashi tomonidan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining axborot jihatdan ochiqligi yuzasidan o‘tkazilgan monitoring natijalari e’lon qilindi.
Ma’lum qilinishicha, reyting ko‘rsatkichlari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning mansabdor shaxslari to‘g‘risida chop etilgan maqolalar va ko‘rishlar soni, shuningdek tanqidiy munosabatlar asosida shakllantirishni nazarda tutadi.
Monitoring natijalariga ko‘ra, Raqamli texnologiyalar, Adliya, Ichki ishlar, Iqtisodiyot va moliya vazirliklari faoliyati axborot jihatdan ochiqlik talablariga mos kelgan holda yuqori o‘rinlarni egallagan. Qishloq xo‘jaligi, Transport, Tog‘-kon sanoati va geologiya hamda Madaniyat vazirliklari esa eng quyi ko‘rsatkichlarni qayd etgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, vazirliklar to‘g‘risida 2023 yilda elektron OAVda e’lon qilingan maqolalar soni o‘tgan yilgiga nisbatan sezilarli o‘sgan. Shu bilan birga tanqidiy munosabatlar nisbatida pasayish kuzatilmagan.
Mavzuga oid
14:09 / 20.05.2025
Daraxt kesish uchun ariza berayotganlarni jamoatchilik kuzatib turadi
00:26 / 14.05.2025
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi
10:43 / 09.05.2025
Media sohasini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi
16:52 / 07.05.2025