Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda xavfli kimyoviy chiqindilarni boshqarish bo‘yicha milliy strategiya ishlab chiqiladi
Chiqindilarni boshqarish bo‘yicha milliy strategiyani ishlab chiqish va tegishli standartlarga ega xavfli chiqindilarni qayta ishlash korxonalarini bosqichma-bosqich yaratishga o‘tish uchun zamin yaratadi.
O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi binosida «Xavfli kimyoviy moddalarni ishonchli boshqarish» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha grant shartnomasi imzolandi.
Uch tomonlama hujjatni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov, Yevropa Ittifoqining (YeI) O‘zbekistondagi elchisi Sharlotta Adrian va BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining O‘zbekistondagi vakili o‘rinbosari imzoladi.
«Ushbu loyiha yashil iqtisodiyotga o‘tishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yirik dasturning bir qismi bo‘lib, dasturga 10 million yevrodan ortiq mablag‘ ajratilgan. Loyihaning qiymati o‘zi esa deyarli 4 million yevroga teng. Maqsad Ekologiya vazirligining bu boradagi imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, xavfli kimyoviy moddalar va chiqindilar sohasida muvofiqlashtirishni yaxshilashdan iborat», — dedi Sharlotta Adrian.
Loyiha Ekologiya vazirligi tomonidan BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bilan birgalikda 2023–2027 yillar oralig‘ida Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida amalga oshiriladi. U tugallangandan so‘ng, xavfli kimyoviy moddalarni oqilona boshqarish sohasida mamlakatning institutsional salohiyati oshishi kutilmoqda, bu esa xavfli chiqindilar bo‘yicha yanada yaxshi ma’lumotlar bazasini shakllantirish imkonini beradi. Chiqindilarni boshqarish bo‘yicha milliy strategiyani ishlab chiqish va tegishli standartlarga ega xavfli chiqindilarni qayta ishlash korxonalarini bosqichma-bosqich yaratishga o‘tish uchun zamin yaratadi.
«Loyiha xavfli kimyoviy chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ulardan samarali foydalanishga qaratilgan. Uning doirasida qishloq xo‘jaligida zararli moddalardan foydalanishni kamaytirish va tuproq resurslariga kamroq zarar yetkazuvchi moddalarga o‘tish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Shu bilan birga, xavfli kimyoviy chiqindilarni boshqarish bo‘yicha milliy strategiya ishlab chiqiladi», — dedi Ekologiya vazirligi vakili Anvar Tursunaliyev.
Qo‘shma loyihani amalga oshirish natijasida zararli kimyoviy moddalar va ular bilan bog‘liq chiqindilarni boshqarish mexanizmlari va vositalari samaradorligini oshirish, qishloq xo‘jaligida xavfli pestitsidlardan foydalanishni qisqartirish, qishloq xo‘jaligida muqobil usullarni joriy etish va targ‘ib qilish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
11:08 / 14.04.2025
Birminghemda chiqindi yig‘uvchilarning ish tashlashi: hukumat qo‘shinlarni jalb qildi
17:16 / 10.04.2025
Davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi tasdiqlandi
23:07 / 02.04.2025
Germaniyada chiqindini kim noto‘g‘ri saralayotganini aniqlashda sun’iy intellektdan foydalanish boshlandi
15:11 / 26.03.2025