Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qora dengizda don olib ketayotgan kema minada portlab ketdi
Ukraina janubidagi mudofaa kuchlari xabariga ko‘ra, savdo kemasi Rossiya minasiga borib urilgan. Kema Panama bayrog‘i ostida Dunay portlaridan biridan suzib ketayotgan edi.
Qora dengizda Dunay portlaridan biridan don yuki bilan ketayotgan Panama bayrog‘i ostidagi savdo kemasi minada portlab ketdi, deb xabar berdi Ukraina janubi mudofaa kuchlari 28 dekabr, payshanba kuni Telegram'da. Ukraina harbiylariga ko‘ra, kema Rossiya minasiga kelib urilgan.
Hodisa oqibatida kema tezligi va boshqaruvini yo‘qotgan, yuqori palubada yong‘in chiqqan. Sohilni qo‘riqlash xizmati qayiqlari jarohatlangan ikki dengizchiga tibbiy yordam ko‘rsatgan shifokorlarni olib, kemaga yetib keldi. Ulardan biri keyinroq kasalxonaga yetkazilgan. Xabarda aytilishicha, kemaga buksirlar ham jo‘natilgan, ular uni tortib, portga olib boradi.
Gretsiyaning NAVA Shipping kompaniyasi vakili aytishicha, hodisa tafsilotlari hozircha aniq emas. «Biz hozircha nima bo‘lganini bilmaymiz, biroq kapitan bizga portlash bo‘lganini aytdi», — deb xabar berdi kompaniyadagilar.
Mavzuga oid
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:05 / 05.05.2025
Xitoyda kuchli shamol sayyohlik kemalarini ag‘darib yubordi. 10 kishi halok bo‘ldi
17:01 / 19.04.2025
Kongoda kema halokati oqibatida 148 kishi halok bo‘ldi
12:22 / 17.04.2025