O‘zbekiston | 08:41 / 30.12.2023
6266
2 daqiqa o‘qiladi

50 dan ortiq IT mutaxassisini ishli qilgan kompaniyaga xarajati 15 foizgacha qismi qoplab beriladi

O‘zbekistonda o‘yinlar yaratish va o‘yin sanoatini rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan kompaniya direktori bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Foto: Raqamli texnologiyalar vazirligi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umrzoqov o‘yinlar yaratish bilan shug‘ullanadigan kompaniya direktori Anatoliy Tsoy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda joriy yilning 20 dekabr kuni davlat rahbarining IT sohasini rivojlantirish va davlat boshqaruvini raqamlashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi davomida belgilab bergan ustuvor vazifalari hamda kelgusida IT korxonalar uchun taqdim etiladigan imtiyozlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

O‘z navbatida, xorijiy korxonalarni O‘zbekistonga jalb qilish, yoshlarning malakasini oshirish, IT xizmatlar eksportini yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va mulohazalar tinglandi.

Shuningdek, prezident videoselektor yig‘ilishida ta’kidlanganidek, 50 dan ortiq IT mutaxassisini ishli qilgan kompaniyalarning bir yil davomidagi ish haqi xarajatini 15 foizgacha qismi qoplab berilishi, eksportchi korxonalarga chetdan ekspert jalb qilish, xalqaro konferensiyalarda qatnashish xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinishi aytib o‘tildi.

Shu bilan birga, O‘zbekistonda o‘yinlar yaratish va o‘yin sanoatini rivojlantirish sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid