Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chimkent shahrida O‘zbek tili va madaniyati markazi ochildi
Qozog‘istonning Chimkent shahridagi Jumabek Tashenov nomidagi universiteti qoshida O‘zbek tili va madaniyati markazi ochildi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, ushbu markaz Jumabek Tashenov nomdagi universiteti va Andijon davlat pedagogika instituti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumi asosida tashkil etildi.
Mazkur universitetda «O‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchilari» dasturi asosida bakalavr va magistrlar tayyorlanmoqda.
Universitet tashkil etilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida O‘zbek tili va madaniyati markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Markaz O‘zbekistonning milliy madaniyati, adabiyoti va urf odatlarini keng targ‘ib qilish imkonini beradi.
Yaqinda dunyoning eng qadimiy ta’lim va tadqiqot muassasalaridan biri - Oksford universitetida O‘zbek tili markazi ochildi. Markaz 2024 yil yanvardan boshlab ilk talabalarni qabul qiladi.
Mavzuga oid
12:44 / 08.05.2025
Misrda o‘zbek tili grammatikasini o‘rganish bo‘yicha darslik yaratildi
18:01 / 23.04.2025
Ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi
07:55 / 23.04.2025
Qozog‘istonda Chimkent hokimi o‘rinbosarining hayotiga suiqasd qilindi
17:06 / 17.04.2025