Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mozaika kompozitsiyalari moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obektlari ro‘yxatiga kiritiladi
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari milliy ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Madaniy meros agentligi, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari respublika hududida joylashgan bino devorida ishlangan mozaika kompozitsiyalari, arxeologik, diqqatga sazovor, arxitektura va monumental san’at yodgorliklarini Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari milliy ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha taklifi ma’qullanishi mumkin.
Madaniy meros agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda respublika hududida joylashgan bino devorida ishlangan mozaika kompozitsiyalari, arxeologik, diqqatga sazovor, arxitektura va monumental san’at yodgorliklarini belgilangan tartibda davlat kadastriga kiritish choralarini ko‘radi.
Bunda:
- mahobatli san’at yodgorliklari mavjud bo‘lgan turar-joy va noturar joylardagi, ularning muhofaza tegralari va tutash hududlarida rejalashtirilgan qurilish ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday faoliyat turi Madaniy meros agentligining xulosasi olingandan so‘ng amalga oshiriladi;
- ro‘yxatga kiritilgan obektlar madaniy meros obekti sanaladi;
- ro‘yxatga kiritilgan obektlar moddiy madaniy meros obektlari davlat kadastriga va kadastr axboroti Davlat kadastrlar yagona tizimiga kiritilmaydi;
- mahobatli san’at yodgorliklari mavjud bo‘lgan turar-joy va noturar joylarning kadastr hujjatiga ushbu obektlar madaniy qiymatga egaligi to‘g‘risida tegishli yozuv kiritish;
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari milliy ro‘yxatiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritiladi.
Mavzuga oid
15:43 / 01.05.2025
Madaniyat muassasalari xodimlarining maoshlari miqdori qayta ko‘rib chiqiladi
18:38 / 28.04.2025
Nomoddiy madaniy meros namunalarini ro‘yxatga kiritish bilan bog‘liq reglament tasdiqlandi
15:03 / 15.03.2025
Qoraqalpog‘istonda ilk bor Orol madaniyat sammiti o‘tkaziladi
16:54 / 12.02.2025