O‘zbekiston | 12:52 / 30.12.2023
3754
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha 87 ta ilg‘or davlatlar qatoridan o‘rin oldi

O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkiloti Statistika bo‘limining rasmiy veb-sahifasida Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha 87 ta eng ilg‘or tajribalarga ega davlatlar qatoridan joy oldi.

BMT saytida mamlakatda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni kuzatib borish va jamoatchilikni xabardor qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot e’lon qilindi.
  
2019 yilda BMT Taraqqiyot dasturining texnik ko‘magi bilan O‘zbekiston Respublikasida Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari ko‘rsatkichlari bo‘yicha nsdg.stat.uz veb-sayti ishlab chiqilgan edi.
  
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan veb-sayt o‘zbek, rus va ingliz tillarida  yuritiladi.
  
BMT saytida keltirilishicha, Statistika agentligi tomonidan 2018, 2019, 2020, 2021 va 2022 yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasida Milliy BRMlarga erishish bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlar to‘plamlari” o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan va nashr etilgan. 
  
O‘zbekistonda milliy BRM monitoring tizimi uchun 190 ta indikator dolzarb deb tan olingan.
  
Bugungi kunda Statistika agentligi tomonidan yuritiladigan milliy BRM veb-saytida 128 ta milliy BRM ko‘rsatkichlari, 60 ta ko‘rsatkich esa, Tracker BRM boshqaruv panelida joylashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid