Xitoydan sun’iy guruch import qilingani rad etildi
Import qilinadigan guruch tekshiruvdan o‘tkazilishi, mahsulot tegishli tashkilotlar xulosasiga ko‘ra, iste’molga yaroqli deb topilsa, O‘zbekistonga olib kirishga ruxsat berilishi ma’lum qilindi.

Foto: Getty Images
O‘zbekistonga Xitoydan sun’iy guruch import qilinmagan. Bu haqda Bojxona qo‘mitasiga tayanib O‘zA xabar berdi.
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahriga Xitoydan import qilingan guruchlar sun’iy ekani va sellofandan tayyorlangani haqida videolavha tarqalgan edi. Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari Nurbek Salomov so‘zlariga ko‘ra, bu kabi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Qayd qilinishicha, O‘zbekistonga import qilinadigan guruch ichida turli xil zararkunanda va hasharotlar, hamda o‘ta xavfli infeksiyalarni aniqlash bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkaziladi. Mahsulot tegishli tashkilotlar xulosasiga ko‘ra iste’molga yoki ekishga yaroqli deb topilsa, O‘zbekistonga olib kirishga ruxsat beriladi.
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bunday guruch import qilinganini rad etgan.
Qishloq xo‘jaligi vazirligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda har yili 100 ming gektardan ortiq maydonda sholi yetishtiradi. Aholi jon boshiga yiliga o‘rtacha 9,8 kg guruch iste’moli talab etiladi. Ya’ni respublika aholisini to‘liq guruch mahsulotlari bilan ta’minlash uchun 353 ming tonna guruch kerak. 2022 yilda O‘zbekistonda 310 ming tonna guruch yetishtirilgan. Ya’ni aholi talabiga nisbatan 43 ming tonna kam.
2022 yilda respublika bo‘yicha 8 ming tonna guruch import qilingan bo‘lsa, 2023 yilda 53,5 ming tonna guruch importi amalga oshirilgan. Ya’ni iste’molga nisbatan 10 ming tonna ortiqcha guruch import qilingan.
Guruch importi Qozog‘istondan 29,3 ming tonna (54,7%), Pokistondan 23,2 ming tonna (43,3%), Tailanddan 599 tonna (1,1%), Turkiyadan 265 tonna (0,5%) va Hindistondan 126 tonna (0,2%) va boshqa mamlakatlardan 21,1 tonnani (0,02%) tashkil qilgan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Allergiya belgilarini yengillashtirishga yordam beradigan tabiiy modda aniqlandi
Jahon | 21:21
-
Qoraqalpog‘istonda ilk bor ochiq osmon ostida konsert tashkil etildi
O‘zbekiston | 20:29
-
«Raketa shaharlari». Tehron nima uchun o‘zining maxfiy yerosti bazalarini aynan hozir ko‘rsatishga qaror qildi?
Jahon | 20:03
-
Eron armiyasi jangovar shay holatga keltirildi - Reuters
Jahon | 19:44
Mavzuga oid

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi

23:16 / 01.04.2025