Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATOga a’zo to‘rt davlat 1000 tagacha Patriot raketalarini sotib oladi
Yevropada Patriot havo mudofaa tizimlari uchun GEM-T raketalarini ishlab chiqarish va yetkazib berish quvvatlari kengaytiriladi, deyiladi NATO matbuot xizmati xabarida.
NATOni qo‘llab-quvvatlash va xarid qilish agentligi (NSPA) alyans a’zolari - Germaniya, Niderlandiya, Ruminiya va Ispaniyani 1000 tagacha Patriot (GEM-T) yaxshiroq nishonga olish moslamasiga ega zenit raketalarini xarid qilish bo‘yicha shartnoma bilan qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda NATO matbuot xizmatining 3 yanvar, chorshanba kuni tarqatilgan bayonotida aytiladi.
Ta’kidlanishicha, raketalarni ishlab chiqarish va yetkazib berish bo‘yicha shartnoma Raytheon va MBDA o‘rtasidagi qo‘shma korxona - COMLOG bilan tuzilgan. Alyans bayonotida, shuningdek, Yevropada GEM-T raketalarini ishlab chiqarish kengaytirilishi qayd etilgan.
Patriot havo mudofaasi tizimi uchun raketalarni sotib olish ittifoqchilarga «Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi paytida havo mudofaasini kuchaytirish» uchun zarur, deb ta’kidlanadi X ijtimoiy tarmog‘idagi NATO mikroblogida.
Xuddi shu postda alyans bosh kotibi Yyens Stoltenbergning so‘zlari keltirilgan: «O‘q-dorilar ishlab chiqarishni ko‘paytirish - Ukraina va o‘z xavfsizligimiz uchun asosiy omil».
Mavzuga oid
20:14 / 18.05.2025
Patriot va HIMARS uchun raketalarni Yevropada ishlab chiqarish boshlanadi
14:05 / 16.05.2025
Bloomberg: AQSh Rossiya-NATO kengashini qayta tiklashni taklif qildi
20:12 / 14.05.2025
AQSh Zelenskiyning NATO sammitiga taklif etilishiga qarshi - ANSA
13:37 / 06.05.2025