O‘zbekistonda 2023 yili eng ko‘p qo‘yilgan ismlar ma’lum qilindi
O‘tgan yili 24 mingdan ortiq qizaloqqa Soliha deb, 27 mingdan ortiq chaqaloqqa Muhammadali deb ism berildi. Bu ismlar so‘nggi yillarda eng ko‘p qo‘yilayotgan ismlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Adliya vazirligi 2023 yilda top-o‘ntalikka kirgan ismlarni e’lon qildi.
2023 yil davomida O‘zbekiston FHDYo organlari 968 ming 140 nafar chaqaloqning tug‘ilishini qayd etdi. Ulardan 501 577 nafari o‘g‘il, 466 563 nafari esa qiz bolalardir.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, Muhammadali va Soliha ismlari 2023 yilda ham eng ko‘p qo‘yilgan ismlar ro‘yxatida birinchi bo‘lgan.
O‘tgan yili 27 431 nafar chaqaloqqa Muhammadali deb, 24 365 nafar qizaloqqa Soliha deb ism berilgan.
2023 yilda tug‘ilgan chaqaloqlarga eng qo‘p qo‘yilgan ismlar o‘nligi:
Qiz bolalar
- Soliha – 24 365 nafar
- Yasmina – 19 911
- Muslima – 15 918
- Hadicha – 10 759
- Imona – 10 310
- Shukrona – 9 330
- Sumayya – 9 279
- Ifora – 7 586
- Sa’diya – 6 639
- Mubina – 6 585
O‘g‘il bolalar
- Muhammadali – 27 431 nafar
- Mustafo – 22 880
- Abdulloh – 18 116
- Muhammad – 17 025
- Muhammadyusuf – 13 774
- Muhammadamin – 12 450
- Nurmuhammad – 9 017
- Muhammadjon – 8 843
- Imronbek – 8 591
- Muhammadziyo – 8 135
Mavzuga oid
15:52 / 25.10.2024
Malayziyada ayol kasal eriga 6 yil g‘amxo‘rlik qildi, ammo erkak sog‘aygach, uni tashlab ketdi
13:50 / 11.10.2024
50 yoshdan keyin oila qurganlar soni ma’lum qilindi
17:16 / 05.09.2024
“Bitta farzand” siyosatidan so‘ng: xitoylik ayollar haligacha bolali bo‘lishni xohlamayapti
18:00 / 02.09.2024