Senatda yerusti metrosi eskalatorlari ishdan chiqqani tanqid qilindi
Senat mas’ul idoralardan eskalator va liftlarni to‘liq ishga tushirishni talab qilmoqda.

Oliy Majlis Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida Toshkentdagi ayrim bekatlarda eskalatorlar bilan bog‘liq muammolar aniqlangan.
Qayd qilinishicha, «Toshkent metropoliteni»ga qarashli ayrim bekatlarida, xususan, «O‘zbekiston temir yo‘llari» tomonidan yerusti metrosining 4- (Olmos), 5- (Rohat), 10- (Tolariq), 13- va 14-bekatlarida o‘rnatilgan eskalatorlar ishdan chiqqani aniqlangan.
Qo‘mita mas’ul tuzilmalarni jalb qilgan holda eskalator va liftlarni to‘liq ishga tushirish choralarini ko‘rish hamda bajarilgan ishlar natijalari yuzasidan ma’lumot taqdim etishni so‘rab, Toshkent shahar hokimi hamda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruv raisiga rasmiy xat jo‘natgan.
Ta’kidlanishicha, ushbu masala yuzasidan Senatning navbatdagi yalpi majlisida mas’ul tashkilot rahbarlarining axboroti eshitiladi.
Mavzuga oid

16:22 / 01.05.2025
Yerosti suvlaridan hisoblagichsiz foydalanganda soliq to‘lovi besh barobar oshiriladi

16:21 / 30.04.2025
Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi

13:00 / 30.04.2025
Senat O‘zbekistonda elektron sigaretalarni taqiqlash haqidagi qonunni ma’qulladi

13:39 / 29.04.2025