Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Oliy sudi Trampning praymeriz bo‘yicha apellyatsiyasini ko‘rib chiqadi
Kolorado va Men shtatlari Trampga birlamchi saylovlarda ishtirok etishga ruxsat bermaslikka qaror qildi. AQSh sobiq prezidenti bu qarorlarga qarshi chiqmoqda.
AQSh Oliy sudi sudyalari 5 yanvar, juma kuni Donald Trampning Kolorado sudining uni shtatdagi birlamchi saylovlarda ishtirok etishini taqiqlash haqidagi qarori ustidan shikoyatini ko‘rib chiqishga rozi bo‘ldi. Ish 8 fevral kuni ko‘riladi va Oliy sud qarori butun mamlakat bo‘ylab majburiy bo‘ladi.
Ayrim shtatlarda Donald Trampning praymerizda ishtirok etishini taqiqlash bo‘yicha sud jarayonlari boshlandi. Uning raqiblari fikricha, u uch yil oldin Kapitoliyda tartibsizliklar keltirib chiqarishga chaqirgan va shu orqali isyonda qatnashgan.
AQSh Konstitutsiyasiga 14-tuzatish «isyon yoki qo‘zg‘olonda ishtirok etgan» har qanday shaxsga federal lavozimni egallashni taqiqlaydi. Sobiq prezident advokatlari Trampning isyon qatnashchisi sifatida tavsiflanishi haqiqatdan uzoq ekanini ta’kidlamoqda. Kolorado Oliy sudi qarori AQSh tarixida birinchi marta prezidentlikka nomzodni diskvalifikatsiya qilish uchun 14-tuzatishdan foydalanilganini anglatadi.
Tramp Men shtatida praymerizga nomzodlar ro‘yxatidan o‘chirildi
Koloradodan tashqari Trampni Respublikachilar partiyasining praymeriz nomzodlari ro‘yxatidan chiqarib tashlash qarorini Men shtati davlat kotibi qabul qildi. Sobiq prezident advokatlari bu holatda ham mahalliy sudga murojaat etdi. Qaror ijrosi AQSh Oliy sudi tomonidan tasdiqlanmaguncha to‘xtatildi. 5 mart kuni Men va Kolorado shtatlarida birlamchi saylovlar bo‘lib o‘tadi.
Ikkala holatda ham Respublikachilar partiyasidan saylovda yetakchi nomzod bo‘lgan Tramp isyonni qo‘zg‘atish bo‘yicha jinoiy ayblov ilgari surilgani yo‘q.
AQShda saylovlar 2024 yilning noyabrida bo‘lib o‘tadi
AQShda navbatdagi, 60-prezidentlik saylovi 2024 yil 5 noyabrga belgilangan. 2022 yil 15 noyabr kuni AQSh 45-prezidenti Donald Tramp o‘z saylovoldi kampaniyasi boshlanganini e’lon qildi. 2023 yil 25 aprelda amaldagi prezident Jo Bayden ham o‘z nomzodini ilgari surishini bildirdi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
10:23 / 28.05.2025