Gurbanguli Berdimuhamedov o‘zi uchun maqbara qurmoqda - OAV
Arqadag‘ shahrida 400 mln dollarlik katta masjid va maqbara barpo etilayotgani ta’kidlanmoqda.
Turkmanistonning Arqadag‘ shahrida katta masjid qurilishi jadal davom etmoqda, uning yonida Gurbanguli Berdimuhammedov maqbarasi qurilmoqda. Bu haqda Turkmen.news xabar berdi.
Qayd qilinishicha, masjidning o‘zi davlat budjetiga 400 million dollarga tushadi. Maqbaraning narxi ma’lum emas. Nashr manbasining ta’kidlashicha, ikkala bino ham «hashamatli ko‘rinadi». Ular qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan bo‘ladi.
Turkmanistondagi eng katta masjid 2004 yilda birinchi prezident Saparmurat «Turkmanboshi» Niyozov tomonidan qurilgan va uning nomiga atalgan. Masjid yonida Niyozov oilasining maqbarasi ham barpo etilgan. Unga urushda halok bo‘lgan otasi va zilzilada halok bo‘lgan onasi bilan ikki akasining hoki qo‘yilgan. 2 yil o‘tgach, Saparmurat Niyozov vafot etganida, shu maqbaraga dafn etilgan. Qayd qilinishicha, masjid va maqbara qurilishiga 100 mln dollar sarflangan.
Arqadag‘ shahri Ahal viloyatida noldan qurilgan va Turkmanistonning ikkinchi prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov sharafiga nomlangan. U Turkmanistonda Arqadag‘ (Orqatog‘, homiy) unvoniga ega.
Mavzuga oid
16:14 / 03.09.2024
“Jahannam darvozasi”. Turkmanistondagi eng diqqatga sazovor joylardan biri bo‘lgan gaz krateri haqida nimalar ma’lum?
17:24 / 15.08.2024
Turkmaniston O‘zbekistondan ba’zi fuqarolarini deportatsiya qilishni so‘radi – OAV
16:03 / 15.08.2024
Turkmanistonda SIM-karta sotish to‘xtatildi. Ular tugab qolgani aytilmoqda
20:55 / 01.08.2024