O‘zbekiston | 13:47 / 06.01.2024
5305
2 daqiqa o‘qiladi
Ijtimoiy himoya jamg‘armasi mablag‘lari nimalarga yo‘naltirilishi ma’lum bo‘ldi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
Prezident qarori bilan Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilgan.
Jamg‘arma mablag‘larini sarflashning asosiy yo‘nalishlari:
- «Muruvvat» va «Saxovat» internat-uylarida, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriy hamda pansionatlarda ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish;
- aholini protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash;
- nogironligi bo‘lgan shaxslarga imtiyozli hamda bepul statsionar davolanishni ta’minlash;
- nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘quv, didaktik va boshqa muqobil materiallar bilan ta’minlash;
- yetim bolalarni uy-joy bilan ta’minlash;
- bolalar uylari va «Mehribonlik» uylari faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish;
- voyaga yetmagan bolalarga ijtimoiy-huquqiy yordam xizmatlarini moliyalashtirish va boshqalar.
Hujjatda, shuningdek Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzurida «Axborot texnologiyalari markazi» davlat muassasasini tashkil etish nazarda tutilgan. Markazda quyidagi vazifalar yuklatilgan:
- axborot dasturlarini ishlab chiqish va monitoring qilish;
- serverlar, kompyuter uskunalari va telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish;
- Agentlik tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
- «Sall-markaz» faoliyatini tashkil etish.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:
- Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom;
- jamg‘arma ijroiya direksiyasining tuzilishi.
Mavzuga oid
08:40 / 18.09.2024
Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi vazifalari aniqlashtirildi
09:21 / 03.09.2024
O‘zbekistonda yolg‘iz keksalar soni ma’lum qilindi
07:53 / 06.08.2024
Adenauer jamg‘armasi Rossiyada «nomaqbul» deb tan olindi
09:52 / 19.07.2024