Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jo Bayden: Amerikani faqat demokratlarning g‘alabasigina qutqara oladi
Bayden sobiq prezident Donald Trampning Oq uyga qaytish harakatlari mamlakat uchun jiddiy xavf tug‘dirishi haqida ogohlantirdi.
AQSh prezidenti Jo Bayden fuqarolarni o‘zlari uchun eng muhim savolga javob berishga chaqirdi: Amerika uchun demokratiya muqaddas narsa bo‘lib qoladimi? Uning so‘zlariga ko‘ra, 2024 yilgi saylovlarda amerikaliklar bu savolga qanday javob berishni tanlashi kerak bo‘ladi. 5 yanvar, juma kuni Bayden Pensilvaniyadagi saylovchilar bilan suhbatda: Amerikani faqat demokratlarning g‘alabasi qutqaradi, dedi.
«Men shunga kafolat bera olamanki, Amerika demokratiyasini himoya qilish, asrash va saqlab qolish har doimgidek prezidentligimning asosiy maqsadi bo‘lib qoladi», dedi Bayden. «Saylov yiliga kirar ekanmiz, saylov byulletenlarimizda demokratiya va erkinlik borligini bilishimiz kerak», - deya qo‘shimcha qildi u.
Trampning qaytishi mamlakat uchun jiddiy tahdid bo‘ladi
Bayden sobiq prezident Donald Trampning Oq uyga qaytish harakatlari mamlakat uchun jiddiy xavf tug‘dirishi haqida ogohlantirdi. U Trampni demokratiyadan chekinganlikda ayblab, bir necha bor uni isyonchilar tarafdori va «saylovlarni inkor etuvchi» deb atadi. Prezident Tramp hokimiyatga qaytish uchun mamlakatdagi demokratik tuzumni qurbon qilishga tayyorligini bildirdi.
Baydenning saylovoldi nutqi 2021 yil 6 yanvar voqealarining 3 yilligiga to‘g‘ri keldi, o‘shanda Tramp tarafdorlari to‘dasi AQSh Kongressi Baydenning saylovdagi g‘alabasini tasdiqlashiga xalaqit berish maqsadida Kapitoliyga bostirib kirgandi.
AQShda saylovlar 2024 yilning noyabrida bo‘lib o‘tadi
AQShda navbatdagi, 60-prezidentlik saylovi 2024 yil 5 noyabrga belgilangan. 2022 yil 15 noyabr kuni AQShning 45-prezidenti Donald Tramp o‘z saylovoldi kampaniyasi boshlanganini e’lon qildi. 2023 yil 25 aprelda amaldagi prezident Jo Bayden ham o‘z nomzodini ilgari surishini bildirdi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025