Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
8 yanvar kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
«O‘zgidromet» 8 yanvar, dushanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+5 daraja, kunduzi +9...+11 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...–5 daraja, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7 daraja, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5–10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Harorat kechasi –4...+1 daraja, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonning 9 viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
11:24 / 26.05.2025
Hafta davomida harorat pasayib, joylarda yomg‘ir yog‘adi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
22:27 / 22.05.2025