Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada «Fahsh baronessasi» bilan birga yana 7 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olingan
O‘zbekistonning xalqaro qidiruvga berilgan 8 nafar fuqarosi Turkiyada qo‘lga olindi. Ular uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar kontrabandasi, firibgarlik va boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda.
O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamkorligida 2024 yil boshidan beri 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakatning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar qildi.
Konsullik qo‘lga olinganlarning ism-familiyalaridagi bosh harflarni keltirdi, ular uyushgan jinoiy guruhlar, giyohvand moddalar kontrabandasi, talonchilik va firibgarlik jinoyatlarini sodir etib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan.
Ularning ichida OAVda xabar qilingan O‘zbekiston fuqarosi N.M. ham bo‘lib, u xalqaro odam savdosi jinoyati doirasida Turkiyaning Chanoqqal’a viloyati hududida qo‘lga olingan.
Idora har bir holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilayotganini ta’kidladi.
Bosh konsulxona, o‘z navbatida, jinoyatchilarga jazo muqarrar ekanini eslatib, fuqarolardan qonunlarga amal qilishni, firibgarlarga aldanmaslikni va o‘zlarini ehtiyot qilishlarini so‘radi.
- Bundan avvalroq «Fahsh baronessasi» va «Madam Klod» degan nomlar bilan tanilgan va Turkiyaga Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston, Turkmaniston hamda O‘zbekistondan fohishalar olib kelib, ularni fohishaxonalarga sotish bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik ayol Nilufar Mirxonova hibsga olingani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
00:30 / 27.05.2025
Toshkentda 22 yoshli qizni fohishalik uchun Rossiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
21:16 / 26.05.2025
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ikki ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
16:22 / 20.05.2025
Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirildi
20:52 / 15.05.2025